300 mln so‘mgacha
Kredit miqdori
60 oygacha
Kredit muddati
6 oygacha
Imtiyozli davr
Milliy valyutada (so‘m)
Kredit valyutasi
yillik 14% dan 24% gacha
Kredit stavkasi
Mikro va kichik biznes
Segment
Bankning oʻzingizga eng yaqin ofisini tanlang va maslahat oling
Kerakli hujjatlarni taqdim qiling
Hujjatlarni imzolang va joriy hisob raqamiga pul oling
Kreditning maqsadi:
Quyidagi yo‘nalishlarda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, kengaytirish va modernizatsiya qilish:
- sanoat, xizmatlar, savdo va umumiy ovqatlanish;
- turizm;
- chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik;
- hunarmandchilik, kasanachilik va zargarlik;
- qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash;
- zamonaviy savdo markazlari va ularga tutash hududlarda ishlab chiqarish binolari, jumladan angar va sexlarni qurish hamda joriy ta’mirlash;
- asosiy vositalar, asbob-uskunalar, maxsus texnika, uzoq muddatli moddiy va nomoddiy aktivlarni sotib olish;
- aylanma mablag‘larni to‘ldirish va biznesning boshqa joriy ehtiyojlarini moliyalashtirish.
Kredit quyidagilar uchun ajratilmaydi:
qimorxona va bilyardxona tashkil etish, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish yoki sotish, shuningdek yengil avtotransport vositalarini xarid qilish.
Kimlar uchun:
- yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat yurituvchi tadbirkorlar;
- kichik tadbirkorlik subyekti hisoblangan yuridik shaxslar;
- avval kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida mikrokredit olib, uni to‘liq so‘ndirgan va ijobiy kredit tarixiga ega tadbirkorlar;
- o‘z faoliyatini tegishlicha yiriklashtirgan mijozlar.
Valyuta:
Milliy valyuta — so‘m.
Kredit miqdori:
300 mln so‘mgacha.
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ mablag‘lari hisobidan quyidagi miqdorlar qayta moliyalashtiriladi:
- boshqa mijozlar uchun — 100 mln so‘mgacha;
- o‘z faoliyatini tegishlicha yiriklashtirgan mijozlar uchun — 150 mln so‘mgacha;
- avval kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida mikrokredit olib, uni to‘liq so‘ndirgan va ijobiy kredit tarixiga ega mijozlar uchun — 200 mln so‘mgacha.
Tegishli qayta moliyalashtirish limitidan ortiq qismi Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan ajratiladi.
Kredit muddati:
- aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun — 12 oygacha;
- ijtimoiy reyestrdagi ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlagan Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi tadbirkorlik subyektlari uchun — 36 oygacha;
- asosiy vositalar, asbob-uskunalar, maxsus texnika, qurilish, ta’mirlash va uzoq muddatli aktivlarni sotib olish uchun — 60 oygacha.
Imtiyozli davr:
- aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun — 2 oygacha;
- asosiy vositalar, asbob-uskunalar, maxsus texnika, qurilish, ta’mirlash va uzoq muddatli aktivlarni sotib olish uchun — 6 oygacha.
Foiz stavkasi:
Tegishli qayta moliyalashtirish limiti doirasida foiz stavkasi mijoz davlat ro‘yxatidan o‘tgan hudud toifasiga qarab belgilanadi:
- 5-toifa — yillik 19%;
- 4-toifa — yillik 20%;
- 3-toifa — yillik 21%;
- 2-toifa — yillik 23%;
- 1-toifa — yillik 24%.
Ijtimoiy reyestrdagi ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlagan Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi tadbirkorlik subyektlari uchun — yillik 14%.
Tegishli qayta moliyalashtirish limitidan ortiq qismi uchun — yillik 24% dan, biroq Bankda belgilangan minimal foiz stavkasidan kam bo‘lmagan miqdorda.
Kredit ajratish tartibi:
Kredit bir martalik tartibda ajratiladi. Mablag‘lar mahsulot yetkazib beruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi yoki benefitsiarning hisobvarag‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.
Kreditni so‘ndirish tartibi:
- asosiy qarz imtiyozli davr tugagandan so‘ng har oy annuitet yoki differensial usulda so‘ndiriladi;
- foizlar o‘zgarmas stavkada har kuni hisoblanadi va har oy to‘lanadi.
Kredit ta’minoti:
Ta’minotning umumiy miqdori kredit summasining kamida 125%ini, Bank bilan aloqador shaxslar uchun esa kamida 130%ini tashkil etishi lozim.
Tegishli qayta moliyalashtirish limiti doirasida:
- 5-toifadagi hududlar uchun — kamida 80% depozit garovi;
- 4-toifadagi hududlar uchun — kamida 60% depozit garovi;
- 3-toifadagi hududlar uchun — kamida 40% depozit garovi;
- 1 va 2-toifadagi hududlar uchun — kamida 20% depozit garovi.
Depozit garovi bilan birga ta’minotning umumiy miqdorini kredit summasining 125%iga yetkazuvchi qo‘shimcha ta’minot taqdim etiladi.
Ijtimoiy reyestrdagi ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlagan Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi tadbirkorlik subyektlari kredit summasining 125% miqdorida mulkiy ta’minot taqdim etadi.
Tegishli qayta moliyalashtirish limitidan ortiq qismi uchun:
Bank talablariga muvofiq mulkiy ta’minot taqdim etiladi.
Ta’minot sifatida qabul qilinadi:
-
ko‘chmas mulk;
Bozor hududidagi yengil konstruksiyali savdo do‘konlari, parrandachilik va issiqxona komplekslari hamda bekatlar garovga qabul qilinmaydi. - avtotransport vositalari — ishlab chiqarilgan yiliga qo‘yiladigan talab amaldagi kredit siyosatiga muvofiq belgilanadi;
- maxsus texnikalar — ishlab chiqarilgan yiliga qo‘yiladigan talab amaldagi kredit siyosatiga muvofiq belgilanadi;
- kredit hisobiga sotib olinadigan asosiy vositalar, asbob-uskunalar va maxsus texnikalar;
- kredit qaytarilmasligi xatari bo‘yicha sug‘urta polisi;
- yuridik shaxs kafilligi.
Garovni bosqichma-bosqich rasmiylashtirish:
- dastlabki mulkiy garov — kredit summasining kamida 70% miqdorida;
- qolgan mulkiy garov — kredit summasining kamida 55% miqdorida — sotib olinayotgan aktivlar mijoz nomiga rasmiylashtirilgandan so‘ng garovga olinadi;
- aktivlar garovga rasmiylashtirilgunga qadar sug‘urta polisi yoki kafillik taqdim etiladi.
Muhim shartlar:
- loyiha bo‘yicha texnik-iqtisodiy asosnoma taqdim etish talab qilinmaydi;
- asosiy ta’minotga qo‘shimcha ravishda korxonaning kamida 50% ulushiga ega ta’sischisi yoki umumiy ulushi kamida 50%ni tashkil etuvchi bir nechta ta’sischining kredit summasining 125% miqdoridagi kafilligi olinadi;
- tegishli qayta moliyalashtirish limiti doirasida transport vositasi sotib olinganda, u mijoz nomiga rasmiylashtirilganidan keyin 15 ish kuni ichida qo‘shimcha ta’minot sifatida garovga qo‘yilishi lozim;
- “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ resurs ajratishni rad etsa yoki ajratilgan resursni qaytarib olsa, kreditning foiz stavkasi yillik 25% etib belgilanadi va ta’minot kredit summasining kamida 125%ini tashkil etishi lozim;
- 14% stavkada kredit olgan Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi tadbirkorlik subyektlari yaratilgan ish o‘rinlarini kredit muddati davomida saqlashi lozim. Ish o‘rinlari qisqartirilsa, foiz stavkasi yillik 25% etib belgilanadi;
- Bank tomonidan avval moliyalashtirilgan investitsiya loyihasi to‘liq ishga tushirilmagan yoki qurilish va rekonstruksiya ishlari yakunlanmagan bo‘lsa, aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun kredit ajratilmaydi.
Mijozga qo‘yiladigan asosiy talablar:
-
Tadbirkorlik faoliyati kamida 1 yil davomida amalga oshirilgan bo‘lishi lozim.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik subyektlari uchun — kamida 6 oy. - O‘z faoliyatini tegishlicha yiriklashtirgan mijoz yiriklashtirishdan oldin kamida 1 yil faoliyat yuritgan bo‘lishi lozim.
- Kredit yuklamasi 100% dan oshmasligi lozim.
- KATM ma’lumotlariga ko‘ra minimal skoring natijasi kamida 200 ball bo‘lishi lozim.
- Barcha banklar va kredit tashkilotlaridagi amaldagi kredit shartnomalari bo‘yicha muddati o‘tgan kredit qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi lozim.
- Mijozning barcha tijorat banklarida hamda aloqador korxonalarining SQB tizimida “qoniqarsiz”, “shubhali” yoki “umidsiz” toifasida tasniflangan amaldagi kreditlari mavjud bo‘lmasligi lozim.
- So‘nggi 60 oy ichida balansdan tashqari hisobvaraqlarga chiqarilgan yoki hisobdan chiqarilgan kredit qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi lozim.
- Kredit ajratilayotgan vaqtda sud jarayonida bo‘lgan kredit qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi lozim.
-
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot — 2-son shakl ijobiy yakunlangan bo‘lishi lozim.
Talab yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat yurituvchi tadbirkorlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. -
O‘z aylanma mablag‘lari ijobiy ko‘rsatkichda bo‘lishi lozim.
Talab yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat yurituvchi tadbirkorlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. - Aloqador korxonalarning SQB tizimida muddati o‘tgan kredit qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi lozim.
-
2-sonli kartoteka bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi lozim.
Asosiy hisobvaraq boshqa bankda bo‘lsa, taqdim etilgan ma’lumotnoma 30 kun davomida amal qiladi. -
So‘nggi 3 yil ichida kredit majburiyatlari, shu jumladan kafillik bo‘yicha iqtisodiy sudda qisman yoki to‘liq qanoatlantirilgan da’volar mavjud bo‘lmasligi lozim.
Talab yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat yurituvchi tadbirkorlarga va javobgar uchun mulkiy garov taqdim etilgan holatlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. - “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ bilan amaldagi kafillik yoki kompensatsiya shartnomalari hamda ilgari ajratilgan yordamdan maqsadsiz foydalanish holatlari mavjud bo‘lmasligi lozim.
-
SQB tizimidagi amaldagi kreditlar bo‘yicha:
- asosiy qarz va foizlar bo‘yicha oraliq yoki yakuniy to‘lov muddatlarini uzaytirish holatlari mavjud bo‘lmasligi;
- shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kredit hisobvaraqlarida qarzdorlik qoldig‘i mavjud bo‘lmasligi;
- Bankning kollegial organi tomonidan belgilangan shartlarni bajarmaslik holatlari mavjud bo‘lmasligi;
- kredit mablag‘laridan maqsadsiz foydalanish holatlari mavjud bo‘lmasligi lozim.
-
Korxona ta’sischilari tarkibi so‘nggi 6 oy davomida o‘zgarmagan bo‘lishi lozim, quyidagi holatlar bundan mustasno:
- eski ta’sischilar tarkibi o‘zgarmagan holda yangi ta’sischilar qo‘shilishi;
- ota-ona, aka-uka, opa-singil, er-xotin va farzandlar o‘rtasidagi o‘zgarishlar.
- Korxona ta’sischilarining jismoniy shaxs sifatida muddati o‘tgan kredit qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi lozim.
-
Quyidagilarning Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishlari bo‘yicha qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi lozim:
- qarz oluvchining;
- qarz oluvchi korxona ta’sischilarining;
- qarz oluvchi korxona ta’sischilari ta’sischi bo‘lgan korxonalarning.
Qo‘shimcha talablar:
- Mijoz defolt holatida bo‘lmasligi va Bankning kredit siyosatiga ko‘ra kredit bitimi tuzish taqiqlangan shaxslar toifasiga kirmasligi lozim.
- Mijozning xo‘jalik faoliyati ko‘rsatilgan manzilda amalda yuritilayotgan bo‘lishi lozim.
- Qarz oluvchi va mahsulot yetkazib beruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi o‘rtasida moliyalashtirilayotgan shartnoma bo‘yicha davom etayotgan sud nizosi mavjud bo‘lmasligi lozim.
- Mijoz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-306-son qarori doirasida 100 mln so‘mgacha kreditdan foydalanmagan yoki ushbu kredit bo‘yicha qarzdorlikni to‘liq so‘ndirgan bo‘lishi lozim.
-
Quyidagi hollarda aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun kredit ajratilmaydi:
- Bank tomonidan moliyalashtirilgan investitsiya loyihasi to‘liq ishga tushirilmagan bo‘lsa;
- Bank tomonidan moliyalashtirilgan loyiha doirasidagi qurilish yoki rekonstruksiya ishlari to‘liq yakunlanmagan bo‘lsa.
- Kafil va garovga qo‘yuvchilarning 2-sonli kartoteka bo‘yicha qarzdorligi hamda Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishlari bo‘yicha qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi lozim.
- Kredit mablag‘laridan faqat belgilangan maqsadlarda foydalanish lozim.
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 14% stavkada kredit oluvchi tadbirkorlar uchun:
- ijtimoiy reyestrga kiritilgan ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash lozim;
- yaratilgan ish o‘rinlari kredit muddati davomida saqlanishi lozim;
- ish o‘rinlari qisqartirilganda kredit foiz stavkasi yillik 25% etib belgilanadi.
Asosiy hujjatlar:
- Kredit olish uchun ariza.
-
Qarz oluvchi korxona ta’sischilarining kredit olish bo‘yicha amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan roziligi.
Xususiy korxonalar va yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat yurituvchi tadbirkorlardan talab qilinmaydi. -
Oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot.
1 va 2-sonli shakllar Bank tomonidan soliq organlari ma’lumotlar bazasidan elektron tarzda olingan yoki kredit moliyaviy tahlilsiz ajratiladigan hollarda talab qilinmaydi. -
Oxirgi chorak uchun buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot.
Mijozning faoliyat davri to‘liq chorakni qamrab olmasa, hisobot oyining birinchi sanasiga tuzilgan tezkor hisobot taqdim etiladi. -
Mahalliy yetkazib beruvchi bilan tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi yoki xorijiy yetkazib beruvchi bilan tuzilgan import shartnomasi.
Shartnoma yoki spetsifikatsiyada xarid qilinayotgan mol-mulkning modeli, quvvati, miqdori, ishlab chiqarilgan yili va boshqa xususiyatlari ko‘rsatilishi lozim. -
Faoliyat joyidan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar: kadastr hujjatlari, ijara shartnomasi, elektron auksion dalolatnomasi, hokim qarori yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa hujjatlar.
Faoliyatni amalga oshirish uchun alohida bino yoki yer maydoni talab qilinmaydigan hollarda ushbu hujjatlar taqdim etilmaydi. - O‘z faoliyatini tegishlicha yiriklashtirgan mijozlar uchun — faoliyat yiriklashtirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar.
Quyidagi limitlardan ortiq kredit qismi uchun qo‘shimcha hujjatlar:
- boshqa mijozlar uchun — 100 mln so‘mdan ortiq;
- o‘z faoliyatini tegishlicha yiriklashtirgan mijozlar uchun — 150 mln so‘mdan ortiq;
- avval mikrokredit olib, uni to‘liq so‘ndirgan va ijobiy kredit tarixiga ega mijozlar uchun — 200 mln so‘mdan ortiq.
- Mijozning boshqa banklardagi hisobvaraqlari aylanmasi to‘g‘risidagi ma’lumot.
- Qarz oluvchi korxonaning debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari yoyilmasi.
Kredit ta’minoti sifatida mol-mulk taqdim etilganda:
-
Qarz oluvchi yoki mol-mulkni garovga beruvchi uchinchi shaxs korxonasi ta’sischilarining:
- mol-mulkni kredit ta’minoti sifatida garovga berish;
- undiruvni garov mulkiga suddan tashqari tartibda qaratish bo‘yicha roziligi.
- Mol-mulkni garovga beruvchi uchinchi yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari, agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa.
- Mol-mulkni garovga beruvchi uchinchi yuridik shaxs direktori va bosh buxgalterining pasporti yoki ID-kartasi nusxasi, agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa.
Kredit ta’minoti sifatida yuridik shaxs kafilligi taqdim etilganda:
- Kafil korxona ta’sischilarining kafillik taqdim etish bo‘yicha roziligi.
-
Kafil korxonaning oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisoboti.
1 va 2-sonli shakllar Bank tomonidan soliq organlari ma’lumotlar bazasidan elektron tarzda olingan hollarda talab qilinmaydi. - Kafil korxonaning oxirgi chorak uchun buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisoboti.
- Kafil korxonaning ta’sis hujjatlari, agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa.
- Kafil korxona direktori va bosh buxgalterining pasporti yoki ID-kartasi nusxasi, agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa.
- Kafil korxonaning boshqa banklardagi hisobvaraqlari aylanmasi va kartoteka qarzdorligi to‘g‘risidagi ma’lumot.
Loyihaning xususiyatidan kelib chiqib, Bank qo‘shimcha hujjatlarni talab qilishi mumkin.
Oxirgi yangilanish sanasi: 17.09.2026 15:40













