BIZNES IMKONIYAT krediti

mikro va kichik biznes subyektlarining aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun

BIZNES IMKONIYAT krediti
Mahsulot haqida
Step icon

1 000 000 AQSh dollari ekvivalentigacha

Kredit miqdori

Step icon

18 oygacha

Kredit muddati

Step icon

6 oygacha

Imtiyozli davr

Step icon

UZS, USD, EUR va boshqa valyutalar

Kredit valyutasi

Step icon

12%dan boshlab

Foiz stavkasi (xorijiy valyutada)

Step icon

Mikro va kichik biznes uchun

Kimga to'g'ri keladi

Kredit olish oson!
Steps icon

Bankning oʻzingizga eng yaqin ofisini tanlang va maslahat oling

Steps icon

Kerakli hujjatlarni taqdim qiling

Steps icon

Hujjatlarni imzolang va joriy hisob raqamiga pul oling

Batafsil shartlar
  • Shartlar
  • Qarz oluvchiga qo‘yiladigan talablar
  • Kerakli hujjatlar
Asosiy ma’lumotlar

Kredit maqsadi:

  • aylanma mablag‘larni to‘ldirish.

Valyuta:

  • milliy valyuta — so‘m;
  • xorijiy valyuta — AQSh dollari, yevro va boshqa valyutalar.

Kredit miqdori:

5 ming AQSh dollari ekvivalentidan 1 mln AQSh dollari ekvivalentigacha.

Kredit muddati:

18 oygacha.

Davlat dasturlari doirasida ajratiladigan kreditlar muddati tegishli dastur shartlariga muvofiq belgilanadi.

Imtiyozli davr:

  • Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan — 6 oygacha;
  • jalb qilingan mablag‘lar hisobidan — jalb qilingan mablag‘lar shartlariga asosan.
  • Foiz stavkasi:

    Milliy valyutada:
    yillik 24%dan kam bo‘lmagan miqdorda, biroq Bank tomonidan belgilangan minimal foiz stavkasidan kam bo‘lmagan miqdorda.

    Xorijiy valyutada:
    yillik 12%dan kam bo‘lmagan miqdorda, biroq Bank tomonidan belgilangan minimal foiz stavkasidan kam bo‘lmagan miqdorda.

    Maqsadli moliyaviy resurslar, depozitlar va individual kredit liniyalari hisobidan ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkasi moliyalashtirish manbai shartlari hamda Bankning ichki talablariga muvofiq belgilanadi.

    So‘ndirish tartibi:

    • annuitet yoki differensial to‘lovlar asosida;
    • asosiy qarz — imtiyozli davr tugagandan so‘ng har oyda;
    • foizlar — har oyda.

    Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilganda so‘ndirish tartibi tegishli moliyalashtirish manbai shartlariga muvofiq belgilanadi.

    Kreditni ajratish shakli:

    • yopiq kredit liniyasi;
    • kredit mablag‘laridan bir martalik foydalanish;
    • mablag‘larni mahsulot yetkazib beruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchining hisobvarag‘iga naqdsiz shaklda o‘tkazish.

    Kredit ta’minoti:

    • kredit miqdorining kamida 125%i;
    • aloqador shaxslar uchun — kamida 130%;
    • mulkiy ta’minot — kredit miqdorining kamida 70%i.

    Qabul qilinadigan mulkiy ta’minot turlari:

    • Bank talablariga muvofiq ko‘chmas mulk;
    • ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan avtotransport vositalari;
    • pul mablag‘lari.

    Bozor hududida joylashgan yengil konstruksiyali savdo do‘konlari, parrandachilik va issiqxona komplekslari, shuningdek bekatlar garovga qabul qilinmaydi.

    Qabul qilinadigan nomulkiy ta’minot turlari:

    • uchinchi yuridik shaxs kafilligi;
    • kredit qaytarilmaslik xatari sug‘urta polisi;
    • “Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi” AJ kafilligi.

    Faoliyat yuritish joyi:

    Mijozning faoliyat yuritish joyi loyihani ko‘rib chiqayotgan Bank tarmog‘idan 200 km radiusgacha bo‘lishi lozim.

    Muhim shartlar:

    • xorijiy valyutada kredit ajratilganda mijozda amaldagi eksport shartnomasi mavjud bo‘lishi lozim;
    • Bank tomonidan moliyalashtirilgan investitsion loyiha hali to‘liq ishga tushirilmagan yoki loyiha doirasidagi qurilish yoxud rekonstruksiya ishlari yakunlanmagan bo‘lsa, aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun kredit ajratilmaydi.

    Hujjatlar
    Kredit shartnomasi

    Kredit shartnomasi

    Yuklab olish
    DOWNLOAD
    Qarz oluvchiga qo‘yiladigan talablar

    1.  Korxonaning ustav fondi to‘liq shakllantirilgan bo‘lishi lozim, qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.

    2.  Qarz oluvchining kredit yuklamasi 100%dan oshmasligi lozim.

    Kredit navbatdagi garov ostida ajratilganda kredit yuklamasi 50%dan oshmasligi lozim. Istisno tariqasida, Bankning vakolatli bo‘linmasi ijobiy xulosasiga asosan kredit yuklamasi 100%gacha bo‘lishiga ruxsat etiladi.

    Kredit yuklamasi belgilangan darajadan oshganda qo‘shimcha ta’minot sifatida bitta yuridik shaxsning kafilligi talab etiladi. Bunda kafil korxona quyidagi talablarga muvofiq bo‘lishi lozim:

    • moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot ijobiy yakunlangan bo‘lishi;
    • o‘z aylanma mablag‘lari ijobiy ko‘rsatkichga ega bo‘lishi;
    • 2-sonli kartoteka hamda Majburiy ijro byurosining ijro ishlari bo‘yicha qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;
    • barcha banklar va kredit tashkilotlarida muddati o‘tgan kredit qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;
    • kafil korxonalar soni bittadan oshmasligi;
    • qarz oluvchi va kafilning umumiy kredit yuklamasi Bank tomonidan belgilangan darajadan oshmasligi;
    • kafilning kredit yuklamasi Bank tomonidan belgilangan darajadan oshmasligi;
    • kafillik miqdori so‘ralayotgan kredit summasining kamida 125%ini tashkil etishi.

    3.  Qarz oluvchining hisobvarag‘ida so‘nggi 6 oy davomida uning faoliyati bilan bog‘liq uzluksiz tushumlar mavjud bo‘lishi lozim.

    4.  Korxona davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab kamida 12 oy davomida faoliyat yuritgan bo‘lishi lozim.

    5.  Korxonaning moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisoboti ijobiy yakunlangan bo‘lishi lozim.

    6.  Korxonaning o‘z aylanma mablag‘lari ijobiy ko‘rsatkichga ega bo‘lishi lozim.

    7.  Qarz oluvchining barcha banklar va kredit tashkilotlaridagi amaldagi kredit shartnomalari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi lozim.

    8.  Qarz oluvchi bilan o‘zaro aloqador korxonalarning “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida muddati o‘tgan kredit qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi lozim.

    9.  Qarz oluvchining 2-sonli kartoteka bo‘yicha qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi lozim. Asosiy hisobvaraq boshqa bankda ochilgan bo‘lsa, berilgan sanadan boshlab 30 kun davomida amal qiladigan tegishli ma’lumotnoma taqdim etiladi.

    10.  KATM ma’lumotlariga ko‘ra minimal skoring balli 200 dan kam bo‘lmasligi lozim.

    11.  Qarz oluvchining tijorat banklari oldida, shuningdek o‘zaro aloqador korxonalarning “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida “qoniqarsiz”, “shubhali” yoki “umidsiz” toifalarda tasniflangan amaldagi kreditlari mavjud bo‘lmasligi lozim.

    12.  Qarz oluvchining so‘nggi 60 oylik kredit tarixi quyidagi talablarga muvofiq bo‘lishi lozim:

    • 30 kundan ortiq muddati o‘tgan qarzdorlik holatlari — 10 tadan ko‘p bo‘lmasligi;
    • 60 kundan ortiq muddati o‘tgan qarzdorlik holatlari — 3 tadan ko‘p bo‘lmasligi, Bankning vakolatli bo‘linmasi ijobiy xulosasi mavjud bo‘lganda — 5 tadan ko‘p bo‘lmasligi;
    • 90 kundan ortiq muddati o‘tgan qarzdorlikka yo‘l qo‘yilmaydi, Bankning vakolatli bo‘linmasi ijobiy xulosasi mavjud bo‘lganda — 3 tadan ko‘p bo‘lmagan holatga ruxsat etiladi;
    • sud jarayonidagi kredit qarzdorligi mavjud bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
    • balansdan tashqari hisobvaraqqa olingan kredit qarzdorligi mavjud bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

    13.  “O‘zsanoatqurilishbank” ATBdagi amaldagi kreditlar bo‘yicha kredit mablag‘laridan maqsadsiz foydalanish holatlari aniqlanmagan bo‘lishi lozim.

    14.  So‘nggi 3 yil davomida qarz oluvchining kredit majburiyatlari yoki u taqdim etgan kafillik bilan bog‘liq iqtisodiy suddagi da’volar qisman yoki to‘liq qanoatlantirilgan bo‘lmasligi lozim.

    15.  Qarz oluvchi va mol-mulkni garovga taqdim etuvchi korxonaning ta’sischilari tarkibi so‘nggi 6 oy davomida o‘zgarmagan bo‘lishi lozim, quyidagi holatlar bundan mustasno:

    • amaldagi ta’sischilar tarkibi saqlanib qolgan holda yangi ta’sischilarning qo‘shilishi;
    • ota-ona, farzandlar, aka-uka, opa-singillar va er-xotin kabi yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi o‘zgarishlar.

    Agar korxona so‘nggi 6 oy davomida qayta ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, Davlat xizmatlari markazidan tegishli ma’lumotlar taqdim etilishi lozim.

    16.  Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishlari bo‘yicha quyidagilarning qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi lozim:

    • qarz oluvchining;
    • qarz oluvchi korxonaning ta’sischilari va rahbarining;
    • qarz oluvchining ta’sischilari ta’sischi yoki rahbar bo‘lgan korxonalarning;
    • qarz oluvchining rahbari ta’sischi yoki rahbar bo‘lgan korxonalarning.

    17.  Korxona ta’sischilari va rahbarining jismoniy shaxs sifatida “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida muddati o‘tgan kredit qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi lozim. Kredit bo‘yicha kafilligi taqdim etilayotgan ta’sischilarning barcha banklarda muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi lozim.

    18.  “O‘zsanoatqurilishbank” ATBdagi amaldagi kreditlar bo‘yicha Bankning kollegial organi tomonidan belgilangan shartlar bajarilmagan yoki o‘z vaqtida bajarilmagan holatlar mavjud bo‘lmasligi lozim.

    19.  “O‘zsanoatqurilishbank” ATBdagi amaldagi kreditlar bo‘yicha asosiy qarz shartlari qayta ko‘rib chiqilishi munosabati bilan to‘lov muddati uzaytirilgan foiz qarzdorligi hisobvaraqlarida qoldiq mavjud bo‘lmasligi lozim.

    20.  Amaldagi kreditlar bo‘yicha asosiy qarz va hisoblangan foizlarni to‘lashning oraliq yoki yakuniy muddatlarini uzaytirish holatlari 3 martadan oshmasligi lozim, Bankning vakolatli bo‘linmasi tomonidan ma’qullangan holatlar bundan mustasno.

    21.  Mahsulot yetkazib beruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi bilan tuzilgan tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitorlik qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi lozim.


    Kerakli hujjatlar

    1.  Kredit olish uchun ariza.

    2.  Qarz oluvchi korxonaning tegishli soliq organiga elektron shaklda taqdim etilgan oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisoboti. Bank tomonidan 1 va 2-sonli shakllar soliq organlari ma’lumotlar bazasidan mustaqil ravishda elektron shaklda olingan hollarda ushbu hujjatlarni taqdim etish talab qilinmaydi.

    3.  Qarz oluvchi korxonaning oxirgi yillik hisobot davri zarar bilan yakunlangan bo‘lsa, joriy yilning barcha hisobot choraklari uchun buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisoboti.

    4.  Qarz oluvchi korxona ta’sischilarining qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish va mol-mulkni kredit ta’minoti sifatida garovga berish bo‘yicha roziligi — agar garov mulki korxonaga tegishli bo‘lsa. Ushbu talab xususiy korxonalar va yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga tatbiq etilmaydi.

    5.  Qarz oluvchi korxonaning boshqa banklardagi hisobvaraqlari aylanmasi to‘g‘risidagi ma’lumot.

    6.  Garov obyekti bo‘yicha mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti.

    7.  Qarz oluvchi korxonaning asosiy hisobvarag‘i boshqa bankda ochilgan bo‘lsa, 2-sonli kartoteka bo‘yicha qarzdorlik holati to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.

    8.  Ko‘chmas mulk garovga taqdim etilganda — kadastr ko‘chirmasi va kadastr pasporti. Yer uchastkasidan foydalanish huquqi ijara asosida rasmiylashtirilgan bo‘lsa, qo‘shimcha ravishda ijara shartnomasi taqdim etiladi.

    9.  Avtotransport vositasi garovga taqdim etilganda — transport vositasining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma.

    10.  Qarz oluvchi korxona yoki mol-mulkni garovga taqdim etuvchi uchinchi yuridik shaxs ta’sischilarining mol-mulkni kredit ta’minoti sifatida garovga berish va undiruvni garov mulkiga suddan tashqari tartibda qaratishga roziligi.

    11.  Mol-mulkni garovga taqdim etuvchi uchinchi yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari — agar korxona boshqa bankda xizmat ko‘rsatilsa.

    12.  Mol-mulkni garovga taqdim etuvchi uchinchi jismoniy shaxsning pasporti yoki ID-kartasi nusxasi yoxud uchinchi yuridik shaxs direktori va bosh buxgalterining pasportlari yoki ID-kartalari nusxalari — agar korxona boshqa bankda xizmat ko‘rsatilsa.

    13.  Faoliyat yuritish joyidan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar: kadastr hujjatlari, ijara shartnomasi, elektron auksion dalolatnomasi, hokim qarori yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa hujjatlar. Faoliyatni amalga oshirish uchun alohida joy talab etilmaydigan hollarda ushbu talab qo‘llanilmaydi.

    14.  Korxona so‘nggi 6 oy davomida qayta ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, Davlat xizmatlari markazidan reestr va kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar.

    15.  Loyiha xususiyatidan kelib chiqib qo‘shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.

    Yuridik shaxs kafilligi taqdim etilganda qo‘shimcha ravishda quyidagi hujjatlar talab etiladi:

    1.  Kafil korxona ta’sischilarining kafillik taqdim etishga roziligi.

    2.  Kafil korxonaning oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisoboti. Bank tomonidan 1 va 2-sonli shakllar soliq organlari ma’lumotlar bazasidan mustaqil ravishda elektron shaklda olingan hollarda ushbu hujjatlarni taqdim etish talab qilinmaydi.

    3.  Kafil korxonaning oxirgi hisobot davri uchun choraklik buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisoboti.

    4.  Kafil korxonaning ta’sis hujjatlari — agar korxona boshqa bankda xizmat ko‘rsatilsa.

    5.  Kafil korxona direktori va bosh buxgalterining pasportlari yoki ID-kartalari nusxalari — agar korxona boshqa bankda xizmat ko‘rsatilsa.

    6.  Kafil korxonaning boshqa banklardagi hisobvaraqlari aylanmasi va 2-sonli kartoteka bo‘yicha qarzdorligi mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumot.


    SQB BUSINESS
    SQB BUSINESS

    Uyingizdan chiqmasdan oʻz biznesingizni boshqaring

    Batafsil
    Depozitlar
    Depozitlar

    Qoʻshimcha foyda olish uchun yuqori daromadli depozitlarni oching

    Batafsil
    Transchegaraviy oʻtkazmalar
    Transchegaraviy oʻtkazmalar

    Dunyo bo‘ylab tez va xavfsiz pul o‘tkazmalarini amalga oshiring

    Batafsil
    Korporativ kartalar
    Korporativ kartalar

    Barcha biznes xarajatlarini toʻlash uchun qulay vosita

    Batafsil
    Ish haqi loyihasi
    Ish haqi loyihasi

    Xatarlarni minimallashtirish orqali xodimlarning kartalariga ish haqini kiriting

    Batafsil
    Savdo ekvayringi
    Savdo ekvayringi

    Biznesni rivojlantirish uchun kelajak mijozlar doirasini kengaytiring

    Batafsil
    Biznes kreditlari
    Biznes kreditlari

    Biznesni yaratish va rivojlantirish uchun foydali kredit mahsulotlari

    Batafsil

    Oxirgi yangilanish sanasi: 17.09.2026 11:54

    Oxirgi yangilanish sanasi: 17.09.2026 11:54  
    up
    logo
    DEMO
    close
    Давайте поговорим!
    close
    send
    arrow-left
    Недавние чаты
    close
    История
    FAQ
    Сегодня
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    Сегодня
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    Сегодня
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит