500 mln so‘m ekvivalentgacha
Kredit miqdori
84 oygacha
Kredit muddati
12 oygacha
Imtiyozli davr
UZS / USD / EUR
Kredit valyutasi
16 % dan boshlab
Yillik kredit stavkasi (so‘m)
Mikro va kichik biznes
Segment
Bank mijoziga aylaning va hisob raqamingizni SQB Business ilovasiga biriktiring
Ilova orqali ariza yuboring va avtomatik tekshiruvdan o‘ting
Shartnomani E-Imzo orqali imzolang va kredit mablag‘larini oling
Kredit maqsadi:
Tayyor turdagi kompleks savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarini xarid qilish.
Valyuta:
• milliy valyuta — so‘m
• xorijiy valyuta — AQSh dollari, yevro va boshqa valyutalar (faqat yuridik shaxslar uchun)
Ajratish shakli:
Kredit yoki lizing (lizing faqat yuridik shaxslarga ajratiladi). Mablag‘lar yopiq kredit liniyasi orqali yetkazib beruvchi yoki sotuvchining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Qarz oluvchilar toifasi:
• mikro va kichik biznes subyektlari — yuridik shaxslar
• yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari (faqat milliy valyutada kredit)
Kredit/lizing muddati:
84 oygacha. Lizing muddati qonunchilik talablari va lizing obyektining xizmat muddatini inobatga olgan holda belgilanadi.
Kredit/lizing miqdori:
500 mln so‘m ekvivalentgacha (xarid qilinayotgan obyekt qiymatining 100 foizigacha).
Imtiyozli davr (asosiy qarz bo‘yicha):
• Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan — 12 oygacha
• jalb qilingan mablag‘lar hisobidan — mablag‘larni jalb qilish shartlariga muvofiq
To‘lov jadvali:
Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilganda — differensial yoki annuitet usulida. Asosiy qarz imtiyozli davr tugagandan so‘ng har oyda, foizlar esa har oyda to‘lanadi.
Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilganda — tegishli mablag‘lar shartlariga muvofiq.
Foiz stavkasi:
• milliy valyutada — yillik 16% dan kam bo‘lmagan miqdorda
• xorijiy valyutada — yillik 8% dan kam bo‘lmagan miqdorda
Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan ajratilganda foiz stavkasi o‘zgarmas, boshqa hollarda esa resurs shartlariga muvofiq belgilanadi. Foizlar har kuni hisoblanadi va belgilangan jadval asosida to‘lanadi.
Ta’minot:
Kredit/lizing summasining kamida 125% miqdorida (o‘zaro aloqador shaxslar uchun — kamida 130%).
Ta’minot sifatida ko‘chmas mulk, xarid qilinayotgan tayyor turdagi kompleks savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari, avtotransport vositalari, maxsus texnika, pul mablag‘lari, uchinchi yuridik shaxs kafilligi, kredit qaytarilmaslik xatari sug‘urta polisi hamda “Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi” AJ kafilligi qabul qilinishi mumkin.
Qo‘shimcha shartlar:
Har 50 mln so‘m ekvivalentidagi kredit mablag‘lari hisobiga kamida 1 nafar ishsiz fuqaro ish bilan ta’minlanishi lozim. Kredit miqdori 50 mln so‘mdan kam bo‘lsa yoki to‘liq bo‘lmagan qismi mavjud bo‘lsa, hisob yuqoriga qarab yaxlitlanadi.
Yangi ish o‘rinlari kredit mablag‘lari ajratilgan kundan boshlab 1 oy ichida yaratilishi shart.
Belgilangan ish o‘rinlari yaratilmagan, ular qisqartirilgan yoki kredit mablag‘laridan maqsadsiz foydalanilgan hollarda, kredit qarzdorligini muddatidan oldin to‘liq qaytarish yoki lizing shartnomasini bekor qilish choralari ko‘riladi.
Mijozga qo‘yiladigan asosiy talablar
Faoliyat muddati:
Mijozning faoliyat yuritish muddatiga talab mavjud emas.Moliyaviy holati:
Ustav fondi to‘liq shakllantirilgan, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot zarar bilan yakunlanmagan va o‘z aylanma mablag‘lari ijobiy ko‘rsatkichda bo‘lishi lozim (yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari hamda qonunchilikda belgilangan holatlar bundan mustasno).Kredit yuklamasi:
Qarz yuki ko‘rsatkichiga alohida talab mavjud emas.Kredit tarixi:
• barcha banklar va kredit tashkilotlarida muddati o‘tgan kredit qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;
• KATM ma’lumotlariga ko‘ra, amaldagi kreditlari orasida «qoniqarsiz», «shubhali» va «umidsiz» toifalarga ajratilgan kreditlar mavjud bo‘lmasligi (o‘zaro aloqador korxonalarning SQB tizimidagi kreditlari ham hisobga olinadi);
• KATM reytingi kamida 200 ball bo‘lishi;
• so‘nggi 60 oy ichida balansdan tashqari hisobvaraqlarga o‘tkazilgan kredit qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;
• sud jarayonida ko‘rib chiqilayotgan kredit qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi.Qarzdorliklar:
2-sonli kartotekada qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi, shuningdek, Majburiy ijro byurosi tomonidan qo‘zg‘atilgan ijro ishlari bo‘yicha muddati o‘tgan majburiyatlar mavjud bo‘lmasligi lozim (mahsulot pasportida belgilangan istisnolar bundan mustasno).Ta’sischilar tarkibi:
So‘nggi 6 oy davomida qarz oluvchi korxonaning ta’sischilar tarkibi o‘zgarmagan bo‘lishi lozim. Avvalgi ta’sischilar tarkibi saqlangan holda yangi ta’sischilar qo‘shilishi yoki yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi o‘zgarishlar bundan mustasno.Qo‘shimcha talablar:
• SQB tizimidagi amaldagi kreditlar bo‘yicha mablag‘lardan maqsadsiz foydalanish holatlari mavjud bo‘lmasligi;
• amaldagi kreditlar bo‘yicha Bankning kollegial organlari belgilagan shartlarga rioya etilgan bo‘lishi (pasportda nazarda tutilgan istisnolar bilan);
• Bankning kredit siyosatida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi.Yangi ish o‘rinlarini yaratish:
Har 50 mln so‘m ekvivalentidagi kredit mablag‘lari hisobiga kamida 1 nafar ishsiz fuqaro ish bilan ta’minlanishi lozim. To‘liq bo‘lmagan 50 mln so‘mlik qism yuqoriga yaxlitlanadi. Ish o‘rinlari kredit ajratilgan kundan boshlab 1 oy ichida yaratilishi shart.Qaror qabul qilish:
Kredit yoki lizing ajratish bo‘yicha qaror Bank tomonidan mijozning mahsulot shartlariga muvofiqligi, kredit tarixi, taqdim etilgan hujjatlar va ta’minot tekshirilgandan so‘ng qabul qilinadi.
Kerakli hujjatlar
- Kredit olish uchun ariza.
- Qarz oluvchi korxona ta’sischilarining kredit olish va korxonaga tegishli mol-mulkni garovga qo‘yish bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan roziligi (xususiy korxonalar va yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno).
- Yakka tartibdagi tadbirkor guvohnomasi va pasport nusxasi — YTTlar uchun.
- Sotib olinadigan mahsulotlar bo‘yicha oldi-sotdi shartnomalari.
- 2-sonli kartoteka holati to‘g‘risidagi ma’lumot — asosiy hisobvaraq boshqa bankda ochilgan bo‘lsa.
- Ko‘chmas mulk garovga qo‘yilganda kadastr hujjatlari (ko‘chirma va kadastr pasporti), yer uchastkasiga bo‘lgan huquq ijara asosida bo‘lsa, ijara shartnomasi.
- Transport vositasi yoki maxsus texnika garovga qo‘yilganda ularning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma.
- Garovga mulk taqdim etuvchi uchinchi shaxs (korxona) ta’sischilarining yoki qarz oluvchining mol-mulkni kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish va garov mulkiga suddan tashqari tartibda undiruv qaratishga roziligi.
- Garovga mulk taqdim etuvchi uchinchi shaxs — korxonaning ta’sis hujjatlari, agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa.
- Garovga mulk taqdim etuvchi uchinchi jismoniy shaxsning pasport nusxasi yoki uchinchi yuridik shaxs — korxona direktori va bosh buxgalterining (mavjud bo‘lsa) pasport nusxalari, agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa.
- Faoliyat yuritish joyidan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (kadastr hujjatlari, ijara shartnomasi, elektron auksion dalolatnomasi, hokim qarori va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa hujjatlar) — ixtiyoriy.
- Davlat xizmatlari markazidan reyestr ma’lumotlari va o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar — so‘nggi 6 oy davomida qayta ro‘yxatdan o‘tish holatlari mavjud bo‘lsa.
- Transport vositasi sotib olinganda tomonlar o‘rtasida imzolangan oldi-sotdi shartnomasi nusxasi.
- Oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot. Bank 1 va 2-sonli shakllarni soliq organlari ma’lumotlar bazasidan elektron shaklda olgan bo‘lsa, kredit moliyaviy tahlilsiz ajratilsa yoki korxona davlat ro‘yxatidan o‘tganidan buyon choraklik hisobot davri hali yakunlanmagan bo‘lsa, ushbu hujjatlar talab etilmaydi.
Yuridik shaxs kafilligi taqdim etilganda qo‘shimcha ravishda:
- Kafil korxona ta’sischilarining kafillik taqdim etishga roziligi.
- Kafil korxonaning ta’sis hujjatlari — agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa.
- Kafil korxona direktori va bosh buxgalterining (mavjud bo‘lsa) pasport nusxalari — agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa.
- Kafil korxonaning boshqa banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha aylanmalar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va yoyilma (tasdiqlangan hamda elektron shaklda), shuningdek, kartoteka qarzdorligi to‘g‘risidagi ma’lumot.
- 2-sonli kartoteka holati to‘g‘risidagi ma’lumot — asosiy hisobvaraq boshqa bankda ochilgan bo‘lsa.
Loyihaning xususiyatidan kelib chiqib, Bank qo‘shimcha hujjatlarni talab qilishi mumkin.
Oxirgi yangilanish sanasi: 05.11.2026 16:15










