Yangi uyga ipoteka-2


Elit mulkiga yo'lingiz — majburiy sug'urtasiz.

Yangi uyga ipoteka-2

Kreditning miqdori

480 mln so‘mgacha

Yillik foiz stavkasi

17 % dan

Kredit muddati

20 yilgacha

Boshlang'ich to'lov

15 % dan
Ipoteka olish oson!

Maslahat oling yoki web-saytda dastlabki ariza to'ldiring

Uyni tanlang va pudratchi bilan savdo shartnomasini tuzing

Hujjatlarni bankka topshiring, kredit shartnomasini tuzing va to'lovni qabul qiling


Oldindan ariza berish
nima uchun kerak?

Ushbu ariza to'lovchining kreditga layoqatliligini aniqlash uchun ma'lumot olish vazifasini bajaradi va oferta shartnomasi hisoblanmaydi. Arizani to'ldirgandan so'ng, siz bankning kredit berish to'g'risidagi dastlabki qarorini olasiz.


Kredit parametrlari
Annuitet
Differensial

Kredit turi

Kredit miqdori

Kredit muddati



*Hisob-kitoblar faqat ma'lumot uchun mo'ljallangan. Umumiy hisob individual ravishda hisoblanadi.

Hisob-kitob natijalari:
Yillik foiz stavkasi:
Kredit muddati:
Oylik to‘lov:
Axborot varaqasi
Orzuingizdagi uyni sotib olishga yordam beramiz
Kerakli hujjatlar
  • Pasport yoki ID-karta

  • Sotib olish shartnomasi

  • Ko‘chmas mulk bo‘yicha hujjatlar 

  • Daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar

  • O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun, zarur hollarda — ijtimoiy soliq to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat

Kredit O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, murojaat qilingan sanada 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan shaxslarga ajratiladi.

Kreditni to'lash usullari

SMS

2500 raqamiga yuborish orqali

Bank orqali

Istalgan ofisida

Bank kartalari

SQB mobile ilovasi orqali

LogoJoyda
Download SQB MOBILE

Batafsil shartlar
  • Kredit berish shartlari
  • Qarz oluvchiga qo'yiladigan talablar
  • Kerakli hujjatlar
  • Qo‘shimcha xarajatlar
Asosiy ma’lumotlar
Kredit maqsadi

Kredit maqsadi:

birlamchi uy-joy bozoridan foydalanishga topshirilgan, xonalarga ajratilgan va yakuniy pardozlash ishlariga tayyor xonadonni xarid qilish.

Imtiyozli davr

Imtiyozli davr:

6 oygacha (faqat differensial to‘lov jadvali bo‘yicha, mijoz xohishiga ko‘ra).

Birgalikdagi qarz oluvchilar soni

Birgalikdagi qarz oluvchilar soni:

5 nafargacha.

Kredit summasi

Kredit summasi:

  • Toshkent shahrida — 480 mln so‘mgacha;
  • hududlarda — 380 mln so‘mgacha.
Kreditlash shartlari

Kreditlash shartlari:

  • Barcha mijozlar uchun:
    • O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi + 4% (boshlang‘ich badal 15% dan kam bo‘lmaganda);
    • O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi + 3% (boshlang‘ich badal 25% dan kam bo‘lmaganda).
  • Ish haqi loyihasi ishtirokchilari uchun:
    O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi + 3% (boshlang‘ich badal 15% dan kam bo‘lmaganda).
  • O‘zbekiston Respublikasi Prokuratura organlari xodimlari uchun:
    O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi + 3% (boshlang‘ich badal 20% dan kam bo‘lmaganda).
Qaytarish usuli

Qaytarish usuli:

annuitet yoki differensial — qarz oluvchi tanloviga ko‘ra.

Kredit muddati

Kredit muddati:

20 yilgacha.

Subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnoma

Subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnoma:

  • boshlang‘ich badalning bir qismini qoplash uchun — 30 mln so‘m;
  • foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash — kredit muddatining dastlabki 5 yili davomida;
  • qarz oluvchi uy-joy qiymatining kamida 5 foizi miqdorida o‘z mablag‘lari bilan ishtirok etadi;
  • uy-joy subsidiya dasturi parametrlarida belgilangan hududda qurilgan bo‘lishi lozim;
  • Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatga olingan fuqarolar Toshkent shahrida qurilgan uy-joylarni ipoteka krediti asosida sotib olishlari mumkin;
  • kamida 15 yil ish stajiga va oliy malaka toifasiga yoki bosh o‘qituvchi lavozimiga ega bo‘lgan pedagog xodimlar uchun boshlang‘ich badalning 25 foizi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanishi mumkin;
  • mazkur pedagog xodimlar doimiy ro‘yxatdan o‘tgan hududidan qat’i nazar, Toshkent shahrida qurilgan uy-joylarni sotib olishlari mumkin;
  • davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun boshlang‘ich badalning 25 foizi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanishi mumkin;
  • mazkur tibbiyot va farmatsevtika xodimlari doimiy ro‘yxatdan o‘tgan hududidan qat’i nazar, o‘zlari mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan hududdagi birlamchi uy-joy bozoridan uy-joy sotib olishlari mumkin;
  • subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnoma berilgan kundan boshlab 4 oy davomida amal qiladi. Xabarnoma amal qilgan davrda uy-joy oldi-sotdi shartnomasi notarial tartibda rasmiylashtirilgan, kredit shartnomasi tuzilgan hamda boshlang‘ich badal kredit olish uchun talab etiladigan miqdorgacha oshirilgan bo‘lsa, 4 oylik muddatning tugashi kreditni rasmiylashtirishga to‘sqinlik qilmaydi.
Ta’minot

Ta’minot:

  • xarid qilinayotgan xonadon bankka garov sifatida rasmiylashtiriladi;
  • kredit garov rasmiylashtirilgandan so‘ng ajratiladi;
  • xonadonni majburiy sug‘urtalash talab etilmaydi.
Qo‘shimcha shartlar

Qo‘shimcha shartlar:

  • o‘zini o‘zi band qilgan Prokuratura organlari xodimlariga mazkur mahsulot doirasida kredit ajratilmaydi;
  • Prokuratura organlari xodimi maqomi ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma yoki xizmat guvohnomasi bilan tasdiqlanadi.

Hujjatlar

Yangi uyga ipoteka shartnomasi (1 qarz oluvchi)

Yuklab olish
download

Yangi uyga ipoteka shartnomasi (2 qarz oluvchi)

Yuklab olish
download

Yangi uyga ipoteka shartnomasi (namunaviy)

Yuklab olish
download

Pedagog va tibbiyot xodimlari uchun ipoteka shartnomasi

Yuklab olish
download

Pedagog va tibbiyot xodimlari uchun birgalikdagi ipoteka shartnomasi

Yuklab olish
download
Qarz oluvchi / birgalikda qarz oluvchiga qo‘yiladigan talablar
  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
  • murojaat qilingan sanada 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan bo‘lishi;
  • doimiy va yetarli daromad manbaiga ega bo‘lishi;
  • ilgari olingan kreditlar, mikrokreditlar, lizing va boshqa majburiyatlar bo‘yicha joriy muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;
  • sotib olinayotgan uy-joy bo‘yicha yetarli boshlang‘ich badalni shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘lishi;
  • qarz oluvchi Dastur doirasida ajratiladigan ipoteka kreditidan birinchi marotaba foydalanayotgan bo‘lishi. Bunda 2024-yil 1-mayga qadar olingan kreditlar hisobga olinmaydi;
  • oxirgi davrlarda 90 kundan ortiq 3 va undan ortiq kechikish holatlari mavjud bo‘lsa, kredit ajratish rad etilishi mumkin;
  • o‘zini o‘zi band qilgan Prokuratura organlari xodimlariga mazkur mahsulot doirasida kredit ajratilmaydi;
  • Prokuratura organlari xodimi maqomi ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma yoki xizmat guvohnomasi bilan tasdiqlanadi.

Qo‘shimcha shartlar
  • 2026-yil 1-apreldan boshlab o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarga mazkur kredit mahsuloti orqali ipoteka krediti ajratilishida ijtimoiy soliqning to‘liq to‘langanligi inobatga olinadi;
  • 2026-yilda ijtimoiy soliq oxirgi 1 yillik davr uchun to‘liq to‘langan bo‘lishi lozim;
  • 2027-yilda — oxirgi 2 yillik davr uchun;
  • 2028-yildan boshlab — oxirgi 3 yillik davr uchun.

Kerakli hujjatlar
  • shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi;
  • harbiy xizmatchilar harbiy guvohnoma taqdim etganda qo‘shimcha ravishda pasport nusxasi ham talab etiladi;
  • daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoki elektron ma’lumotlar;
  • auksion savdolarida yutganligi hamda to‘lovni amalga oshirganligini tasdiqlovchi hujjat yoki ma’lumotnoma — zarur hollarda;
  • davlat soliq xizmati organlarida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma — zarur hollarda;
  • o‘zini o‘zi band qilgan shaxsning ijtimoiy soliq to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat yoki ma’lumotnoma — zarur hollarda;
  • mehnat migrantlari uchun — «labor-migration» dasturi majmuasida ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, elektron dasturdan foydalanish imkoni bo‘lmagan hollarda — zarur hollarda;
  • mehnat migrantlari uchun — oxirgi 6 oy davomida uning oila a’zolari (yaqin qarindoshlari) nomiga yuborilgan xalqaro pul o‘tkazmalari miqdori to‘g‘risida ma’lumotnoma yoki tegishli dastur yoxud internet saytidan ma’lumot olish imkoni bo‘lmagan hollardagi ma’lumotlar — zarur hollarda;
  • birlamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun oldi-sotdi shartnomasi, kadastr hujjatlari va topshirish-qabul qilish dalolatnomasi;
  • qurilish obyektining qurilishga ruxsatnomasi — faqat subsidiya asosida ajratiladigan ipoteka kreditlari uchun, zarur hollarda;
  • «Subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnoma» — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan boshlang‘ich badal va foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash nazarda tutilgan hollarda;
  • shuningdek, qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa tegishli hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.

Qo’shimcha xarajatlari
  • Uy-joy oldi-sotdisi boʻyicha notarius xizmati xarajatlari;

  • Mulkni roʻyxatdan oʻtkazishda kadastr xarajatlari;

  • Ehtimol, sizni qiziqtiradi
    Orzuingizdagi uy
    ipotekaga yillik 17 % dan

    Birlamchi bozordan kvartira sotib olish uchun berilgan.

    Orzuingizdagi uy <br>ipotekaga yillik 16,5 % dan
    SQB Mobile - barcha kerakli to'lovlar endi telefoningizda

    Qulay mobil ilova yordamida kundalik toʻlovlarni amalga oshiring.

    SQB Mobile - barcha kerakli to'lovlar endi telefoningizda

    Oxirgi yangilanish sanasi: 19.08.2026 14:55  
    up
    logo
    DEMO
    close
    Давайте поговорим!
    close
    send
    arrow-left
    Недавние чаты
    close
    История
    FAQ
    Сегодня
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    Сегодня
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    Сегодня
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит