BOSHQARUV SERVIS krediti

ko‘p kvartirali uylarni boshqaruvchi servis kompaniyalarini moliyalashtirish uchun

BOSHQARUV SERVIS krediti
Mahsulot haqida
Step icon

1 mlrd so‘mgacha

Kredit miqdori

Step icon

36 oygacha

Kredit muddati

Step icon

6 oygacha

Imtiyozli davr

Step icon

UZS

Kredit valyutasi

Step icon

Yillik 18%dan boshlab

Kredit stavkasi

Step icon

Boshqaruv servis kompaniyalari uchun

Mijoz

Kredit olish oson!
Steps icon

Bankning oʻzingizga eng yaqin ofisini tanlang va maslahat oling

Steps icon

Kerakli hujjatlarni taqdim qiling

Steps icon

Hujjatlarni imzolang va joriy hisob raqamiga pul oling

Batafsil shartlar
  • Shartlar
  • Mijozga qo‘yiladigan talablar
  • Kerakli hujjatlar
Asosiy shartlar

Kredit maqsadi:

  • aylanma mablag‘larni to‘ldirish
  • asosiy vositalarni sotib olish
  • ko‘p kvartirali uylarni boshqaruvchi servis kompaniyalarining joriy ehtiyojlarini moliyalashtirish

*Mazkur mahsulot doirasida avtotransport vositalarini sotib olishga ruxsat etilmaydi.

Kredit valyutasi:

Milliy valyuta — so‘m.

Kredit summasi:

50 mln so‘mdan 1 mlrd so‘mgacha.

Kredit ajratish shakli:

Kredit mablag‘lari yopiq kredit liniyasi orqali mahsulot yetkazib beruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi korxona hisob raqamiga o‘tkazish yo‘li bilan ajratiladi.

Kredit muddati:

  • aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun — 18 oygacha
  • asosiy vositalarni sotib olish uchun — 36 oygacha

Imtiyozli davr:

  • aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun — 3 oygacha
  • asosiy vositalarni sotib olish uchun — 6 oygacha

Foiz stavkasi:

  • Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilganda — yillik kamida 18%
  • jalb qilingan mablag‘lar hisobidan — jalb qilingan mablag‘lar shartlariga asosan

Foizlar har kuni hisoblanadi va tasdiqlangan grafik asosida to‘lanadi.

To‘lov grafigi:

  • asosiy qarz — imtiyozli davrdan so‘ng har oyda
  • foizlar — har oyda
  • to‘lov usuli — annuitet yoki differensial

Ta’minot:

  • kredit summasining kamida 125% miqdorida
  • aloqador shaxslar uchun — kamida 130%

Ta’minot turlari:

  • ko‘chmas mulk
  • pul mablag‘lari
  • “Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi” AJ kafilligi
  • ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan yengil avtotransport vositalari

Qarz oluvchilarga qo‘yiladigan talablar

Kredit quyidagi shartlar asosida ajratiladi:

  • qarz oluvchi ko‘p kvartirali uylarni boshqaruvchi servis kompaniyasi bo‘lgan yuridik shaxs bo‘lishi lozim
  • mijoz mikro yoki kichik biznes segmentiga mansub bo‘lishi lozim
  • korxona faoliyat yuritayotganiga kamida 12 oy bo‘lgan bo‘lishi lozim
  • oxirgi 6 oy davomida hisob raqamida xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq muntazam tushumlar mavjud bo‘lishi lozim
  • korxonaning moliyaviy hisobotlari ijobiy natijaga ega bo‘lishi lozim
  • o‘z aylanma mablag‘lari mavjud bo‘lishi lozim
  • qarz yuklamasi 50%dan oshmasligi lozim
  • barcha bank va kredit tashkilotlari oldida muddati o‘tgan kredit qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi lozim
  • amaldagi kreditlar “qoniqarsiz”, “shubhali” yoki “umidsiz” toifalarida tasniflanmagan bo‘lishi lozim
  • 2-son kartoteka qarzdorligi va ijro ishlari mavjud bo‘lmasligi lozim
  • KATM reyting ko‘rsatkichi kamida 200 ball bo‘lishi lozim
  • Bank tizimida avval olingan kreditlardan maqsadsiz foydalanish holatlari mavjud bo‘lmasligi lozim
  • oxirgi 12 oy davomida 90 kundan ortiq muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi lozim
  • korxona ta’sischilari tarkibi oxirgi 6 oy davomida o‘zgarmagan bo‘lishi lozim
  • moliyalashtirilayotgan shartnoma bo‘yicha qarz oluvchi va mahsulot yetkazib beruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi o‘rtasida sud nizolari mavjud bo‘lmasligi lozim

Kerakli hujjatlar

Kredit olish uchun

  • kredit olish uchun ariza
  • qarz oluvchi ta’sischilarining kredit olish va mol-mulkni garovga qo‘yishga roziligi
  • kredit ta’minoti bo‘yicha hujjatlar
  • garov obyekti bo‘yicha mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti
  • 2-son kartoteka holati to‘g‘risida ma’lumotnoma
  • ko‘chmas mulk garovga qo‘yilganda — kadastr hujjatlari va yer uchastkasi ijara shartnomasi
  • avtotransport vositasi garovga qo‘yilganda — transport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma
  • faoliyat joyini tasdiqlovchi hujjatlar (kadastr, ijara shartnomasi va boshqalar)
  • moliyalashtirilayotgan loyiha bo‘yicha mahsulot yetkazib beruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi bilan tuzilgan shartnomalar
  • uy-joy mulkdorlarining kredit mablag‘laridan foydalanishga roziligi bo‘yicha umumiy yig‘ilish bayoni
  • mahalla raisi tomonidan tasdiqlangan umumiy yig‘ilish bayoni
  • oxirgi 6 oy ichida qayta ro‘yxatdan o‘tish holati mavjud bo‘lsa — ta’sischilar tarkibidagi o‘zgarishlar bo‘yicha ma’lumotnomalar
  • Bank loyiha xususiyatidan kelib chiqib qo‘shimcha hujjatlar talab qilish ҳуқуқига ega

SQB BUSINESS
SQB BUSINESS

Uyingizdan chiqmasdan oʻz biznesingizni boshqaring

Batafsil
Depozitlar
Depozitlar

Qoʻshimcha foyda olish uchun yuqori daromadli depozitlarni oching

Batafsil
Transchegaraviy oʻtkazmalar
Transchegaraviy oʻtkazmalar

Dunyo bo‘ylab tez va xavfsiz pul o‘tkazmalarini amalga oshiring

Batafsil
Korporativ kartalar
Korporativ kartalar

Barcha biznes xarajatlarini toʻlash uchun qulay vosita

Batafsil
Ish haqi loyihasi
Ish haqi loyihasi

Xatarlarni minimallashtirish orqali xodimlarning kartalariga ish haqini kiriting

Batafsil
Savdo ekvayringi
Savdo ekvayringi

Biznesni rivojlantirish uchun kelajak mijozlar doirasini kengaytiring

Batafsil
Biznes kreditlari
Biznes kreditlari

Biznesni yaratish va rivojlantirish uchun foydali kredit mahsulotlari

Batafsil

Oxirgi yangilanish sanasi: 25.05.2026 16:32
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит