Özbekiston Respublikasining 2025-yil 18-fevraldagi «Banklardagi omonatlarni himoya qiliş kafolatlari töğrisida»gi Qonuniga muvofiq, Özbekiston Respublikasi banklarida joylaştirilgan quyidagi şaxslarning omonatlari kafolatlanadi:
jismoniy şaxslar;
yakka tartibdagi tadbirkorlar;
yuridik şaxslar.
Qonunga muvofiq, kafolatlaş obyektlari hisoblanmaydi:
banklar, nobank kredit taşkilotlari, suğurta taşkilotlari, lizing taşkilotlari, investitsiya va pay fondlari, şuningdek vakolatli organ tomonidan berilgan litsenziya yoki ruxsatnoma asosida faoliyat yurituvçi boşqa moliyaviy taşkilotlarning omonatlari;
Özbekiston Respublikasi yoki xorijiy davlatning davlat organlari, davlat taşkilotlari va davlat korxonalarining omonatlari;
bank bilan boğliq şaxslarning omonatlari, bundan bank boşqaruvi a’zolari va asosiy xodimlarining oxirgi 3 oy davomida hisoblangan iş haqi va unga tenglaştirilgan tölovlar miqdoridan oşmaydigan omonatlari mustasno;
bankning Özbekiston Respublikasi hududidan taşqarida oçilgan şöba banklari yoki filiallaridagi omonatlar;
individual jamğarib boriladigan pensiya hisobvaraqlarida jamlangan pul mablağlari;
qonuniy kuçga kirgan sud qarori bilan jinoyat faoliyatidan olingan daromadlarni legallaştiriş, terrorizmni moliyalaştiriş yoki ommaviy qirğin qurollarini tarqatişni moliyalaştiriş bilan boğliqligi tasdiqlangan pul mablağlari.
Özbekiston Respublikasi banklarida joylaştirilgan quyidagi omonatlar kafolatlanadi:
Özbekiston Respublikasining milliy valyutasidagi;
xorijiy valyutadagi
jismoniy şaxslar (şu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar) va yuridik şaxslarning omonatlari.
Kafolatlaş obyektini aniqlaşda omonat deb quyidagilar e’tirof etiladi:
bank omonati şartnomasi yoki bank hisobvaraği şartnomasiga muvofiq joylaştirilgan pul mablağlari qoldiği, şu jumladan şartnoma şartlari bajarilgunga qadar alohida hisobvaraqlarda saqlanayotgan mablağlar (jumladan “eskrou” xizmati doirasida), şuningdek jamğarma (depozit) sertifikati bilan tasdiqlangan mablağlar;
kafolatli holat yuzaga kelgunga qadar hisoblangan, biroq tölanmagan foizlar summasi, agar ularning hisoblanişi şartnoma yoki sertifikatda nazarda tutilgan bölsa.
Quyidagilar omonat hisoblanmaydi:
bankning regulyativ kapitaliga kiritilgan aksiyalar va boşqa moliyaviy instrumentlar;
bank tomonidan çiqarilgan qarz qimmatli qoğozlari (obligatsiyalar, veksellar);
bankning subordinatsiyalangan qarz majburiyatlari;
bank seyflarida saqlanayotgan pul mablağlari;
hosilaviy moliyaviy instrumentlar (fyuçerslar, forvardlar, opsionlar, svoplar) böyiça talab huquqlari;
bankka işonçli boşqaruvga topşirilgan mol-mulk va pul mablağlari.
Bir bankda bitta omonatçiga tölanadigan kompensatsiya miqdori:
omonat qoldiği 200 mln sömdan oşmasa — töliq miqdorda;
omonat qoldiği 200 mln sömdan oşsa — 200 mln söm.
Agar omonatçining bir bankda bir neçta omonatlari mavjud bölsa, ularning soni va valyutasidan qat’i nazar, umumiy kompensatsiya miqdori 200 mln sömdan oşmaydi.
Xorijiy valyutadagi kafolatlangan omonatlar böyiça kompensatsiya:
Özbekiston Respublikasining milliy valyutasida;
Özbekiston Respublikasi Markaziy bankining kafolatli holat yuzaga kelgan kundagi (bank litsenziyasi bekor qilingan kundagi) rasmiy kursi böyiça
tölanadi.
Kompensatsiya oliş uçun omonatçi bank-agentga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
bank omonati şartnomasi va (yoki) bank hisobvaraği şartnomasi;
şaxsni tasdiqlovçi hujjat.
Ha. Kompensatsiya merosxörlarga, huquqiy vorislarga yoki ularning vakillariga meros huquqi yoki huquqiy vorislikni tasdiqlovçi hujjatlar taqdim etilgan taqdirda tölanadi.
Kafolatli holat — bu Özbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan bankning bank operatsiyalarini amalga oşiriş uçun berilgan litsenziyasi bekor qilingan holatdir.
Omonatlarni kafolatlaş agentligi:
tugatilayotgan bankdan omonatçilar reyestrini olgan kundan boşlab ikki iş kuni içida kafolatli holat yuzaga kelganligi töğrisidagi axborotni e’lon qiladi;
kompensatsiya oliş imkoniyatini quyidagi muddatlarda ta’minlaydi:
2025-yil 1-yanvardan boşlab — 20 iş kuni içida;
2026-yil 1-yanvardan boşlab — 15 iş kuni içida;
2027-yil 1-yanvardan boşlab — 7 iş kuni içida.
Tölanmagan kafolatlangan omonatlar omonatçining mulki bölib qoladi va istalgan vaqtda talab qilib olinişi mumkin.
Agar kafolatli holat yuzaga kelgan sanada omonat bank oldidagi majburiyatni ta’minlaş uçun garovga qöyilgan bölsa va uning summasi faqat uşbu majburiyatni qoplaş uçun yetarli bölsa, omonat majburiyatni qoplaş hisobiga yönaltiriladi.
Quyidagi hollarda kompensatsiya tölovi vaqtinça töxtatilişi mumkin:
taqdim etilgan hujjatlarning haqiqiyligiga şubha tuğilganda;
omonatçining talablari va reyestr ma’lumotlari örtasida tafovutlar aniqlanganda;
hisobvaraqqa nisbatan taqiq qöyilgan, pul mablağlari muzlatilgan yoki operatsiyalar töxtatilgan bölsa;
omonat sud nizosi predmeti bölsa.
Quyidagi hollarda kompensatsiya tölaş rad etilişi yoki ilgari tölangan kompensatsiyani qaytariş talab qilinişi mumkin:
soxta hujjatlar taqdim etilgan bölsa;
qonuniy kuçga kirgan sud qarori bilan pul mablağlarining jinoyat faoliyati bilan boğliqligi aniqlangan bölsa.
Kaforatli holat yuzaga kelgan kundan boşlab omonatçining tugatilayotgan bankka bölgan talab huquqlari kafolatlangan summa miqdorida Omonatlarni kafolatlaş agentligiga ötadi.
Bunda omonatçi kafolatlangan summadan ortiq bölgan qism böyiça tugatilayotgan bankka nisbatan talab huquqini saqlab qoladi.
