QURILISH UCHUN krediti

binoni joriy taʼmirlash va qayta taʼmirlash (rekonstruksiya) uchun kredit

QURILISH UCHUN krediti
Mahsulot haqida
Step icon

28 mlrd so‘m ekvivalentigacha

Kreditning maksimal miqdori

Step icon

60 oygacha

Kredit muddati

Step icon

12 oygacha

Imtiyoz muddati

Step icon

UZS,USD, RUB, EUR

Kredit valyutasi

Step icon

Mikro va kichik biznes subyektlari

Kimga to'g'ri keladi

Step icon

MB stavkasi × 1,75 dan boshlab

Foiz stavkasi

Kredit olish oson!
Steps icon

Bankning oʻzingizga eng yaqin ofisini tanlang va maslahat oling

Steps icon

Kerakli hujjatlarni taqdim qiling

Steps icon

Hujjatlarni imzolang va joriy hisob raqamiga pul oling

Batafsil shartlar
  • Asosiy ma'lumotlar
  • Kredit va imtiyoz muddati
  • Kerakli hujjatlar
  • Qarz oluvchiga qo‘yiladigan talablar

Asosiy ma’lumotlar

Kredit maqsadi:

• ko‘p qavatli turar joylar qurilishi;
• yakka tartibdagi uy-joy qurilishi;
• binolarni rekonstruksiya qilish;
• binolarni joriy ta’mirlash;
• investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun qurilish;
• pudrat va/yoki subpudrat shartnomalari asosida aylanma mablag‘larni to‘ldirish.

Loyiha bank filiali joylashgan hududdan 200 km radiusgacha bo‘lishi lozim.

Kredit valyutasi:

• milliy valyuta (so‘m);
• xorijiy valyuta (AQSh dollari, yevro, rubl).

Kredit summasi:

28 mlrd so‘m ekvivalentigacha.

Foiz stavkasi:

Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan:

• milliy valyutada — Markaziy bank asosiy stavkasining 1,75 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda;
• “Yangi O‘zbekiston” massivlaridagi loyihalar uchun — Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qayta moliyalashtirilganda MB asosiy stavkasi + 2 foiz punkt;
• xorijiy valyutada — yuridik shaxslar va YTTlar uchun amaldagi bank stavkalaridan kam bo‘lmagan miqdorda.

Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan:

Moliyalashtirish manbasi shartlariga asosan.

Kredit muddati:

• 60 oygacha — kredit maqsadiga qarab;
• 24 oygacha — turar joy qurilishi uchun;
• 36 oygacha — rekonstruksiya va noturar obyektlar qurilishi uchun;
• 18 oygacha — pudrat va subpudrat shartnomalari uchun.

Imtiyozli davr:

• 12 oygacha — qurilish, rekonstruksiya, ta’mirlash va investitsiya loyihalari uchun;
• 3 oygacha — aylanma mablag‘larni to‘ldirish kreditlari uchun.

Kredit ta’minoti:

Kredit summasining kamida 125% miqdorida
(aloqador shaxslar uchun — kamida 130%).

Qabul qilinadigan garov turlari:

  • ko‘chmas mulk;

  • ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan avtotransport vositalari;

  • ishlab chiqarilganiga 2 yildan oshmagan maxsus texnikalar;

  • pul mablag‘lari;

  • kredit mablag‘lari hisobiga qurilayotgan obyektlar.

Qo‘shimcha shartlar:

• moliyalashtirish loyiha smeta qiymatining 70%igacha;
• qarz oluvchi loyiha qiymatining kamida 30%ini o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirishi lozim;
• kredit bosqichma-bosqich (transhlar asosida) ajratiladi;
• “Yangi O‘zbekiston” massivlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyatida qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joylarni garovga olishga ruxsat etiladi;
• kredit maksimal 5 ta transhgacha ajratilishi mumkin;
• bajarilgan qurilish ishlari bo‘yicha nazorat o‘lchovlari majburiy hisoblanadi.


Hujjatlar
Kredit shartnomasi

Kredit shartnomasi

Yuklab olish
DOWNLOAD

Kredit maqsadi

Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan:

24 oy

Kredit muddati

12 oy

Imtiyozli davr

Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan:
moliyalashtirish manbasi shartlariga asosan.

Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan:

36 oy

Kredit muddati

12 oy

Imtiyozli davr

Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan:
moliyalashtirish manbasi shartlariga asosan.

Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan:

18 oy

Kredit muddati

3 oy

Imtiyozli davr

Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan:
moliyalashtirish manbasi shartlariga asosan.

Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan:

36 oy

Kredit muddati

12 oy

Imtiyozli davr

Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan:
moliyalashtirish manbasi shartlariga asosan.

Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan:

24 oy

Kredit muddati

12 oy

Imtiyozli davr

Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan:
moliyalashtirish manbasi shartlariga asosan.

Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan:

60 oy

Kredit muddati

12 oy

Imtiyozli davr

Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan:
moliyalashtirish manbasi shartlariga asosan.




Kerakli hujjatlar

Asosiy hujjatlar to‘plami:

  1. Ariza.

  2. Qarz oluvchi korxona ta’sischilarining kredit olishga roziligi.

  3. Oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot.

  4. Choraklik moliyaviy hisobot yoki tezkor buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar hisoboti.

  5. Boshqa banklardagi hisobvaraqlar aylanmasi to‘g‘risidagi ma’lumot.

  6. Oldi-sotdi shartnomasi yoki import kontrakti.

  7. Debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari yoyilmasi.

  8. Kredit hisobiga qurilayotgan obyektlar investitsion shartnomalar asosida sotilmaganligi to‘g‘risidagi kafolat xati.

  9. So‘nggi 6 oy ichida ro‘yxatdan o‘tish ma’lumotlari o‘zgargan hollarda Davlat xizmatlari markazidan ma’lumotnoma.

  10. Rossiya, Belarus yoki Eron kontragentlari ishtirok etgan hollarda Tier 1 / Band 1 darajadagi xalqaro yuridik kompaniyaning ijobiy xulosasi.

  11. Bank talabiga asosan boshqa hujjatlar.

Qurilish loyihalari uchun qo‘shimcha hujjatlar:

  1. Hokim qarori yoki yer uchastkasi hujjatlari.

  2. Ekologik ijobiy xulosa.

  3. Nazorat o‘lchovlarini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma.

  4. Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i.

  5. Loyiha-smeta hujjatlari va ekspertiza xulosasi.

  6. Qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyasi ruxsatnomasi.

  7. Bajarilgan qurilish ishlari bo‘yicha F№3 ma’lumotnomasi.

  8. Nazorat o‘lchovlari bo‘yicha xulosa.

  9. Pudrat shartnomasi (mavjud bo‘lsa).

  10. Texnik-iqtisodiy asosnoma.

Ta’minot bo‘yicha hujjatlar:

  1. Garov mulki bo‘yicha mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti.

  2. Ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr hujjatlari.

  3. Transport vositasi yoki maxsus texnika texnik pasporti.

  4. Mol-mulkni garovga qo‘yish bo‘yicha mulkdorlarning roziligi.

  5. Kafil hujjatlari va kafillik beruvchi korxonaning moliyaviy hisobotlari.


Qarz oluvchiga qo‘yiladigan talablar
  • Qarz oluvchi mikro va kichik biznes subyekti bo‘lishi lozim.

  • Ustav fondi to‘liq shakllantirilgan bo‘lishi kerak.

  • Korxona kamida 6 oy oldin davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lishi lozim.

  • Kredit yuklamasi 150%dan oshmasligi kerak
    (pudrat va subpudrat shartnomalari bo‘yicha — 100%dan oshmasligi lozim).

  • Moliyaviy hisobotlar ijobiy bo‘lishi kerak.

  • O‘z aylanma mablag‘lari ijobiy ko‘rsatkichda bo‘lishi lozim.

  • Barcha bank va kredit tashkilotlari oldida muddati o‘tgan kredit qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi kerak.

  • 2-sonli kartoteka qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi lozim.

  • KATM ma’lumotlariga ko‘ra, qarz oluvchining “qoniqarsiz”, “shubhali” yoki “umidsiz” toifasiga kiritilgan amaldagi kreditlari bo‘lmasligi kerak.

  • Qurilish tashkilotining reytingi Qurilish vazirligi rasmiy saytida “CC” reytingidan past bo‘lmasligi lozim.

  • Qarz oluvchi va unga aloqador korxonalar bo‘yicha Majburiy ijro byurosida ijro ishlari mavjud bo‘lmasligi kerak.

  • Kredit mablag‘laridan maqsadsiz foydalanish holatlari mavjud bo‘lmasligi lozim.

  • KATM reyting natijasi kamida 200 ball bo‘lishi kerak.

  • Qarz oluvchi qurilish amalga oshiriladigan yer uchastkasiga mulk, doimiy foydalanish yoki ijara huquqi asosida ega bo‘lishi lozim.

  • Qarz oluvchi loyiha qiymatining kamida 30%ini o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirishi kerak.


SQB BUSINESS
SQB BUSINESS

Uyingizdan chiqmasdan oʻz biznesingizni boshqaring

Batafsil
Depozitlar
Depozitlar

Qoʻshimcha foyda olish uchun yuqori daromadli depozitlarni oching

Batafsil
Transchegaraviy oʻtkazmalar
Transchegaraviy oʻtkazmalar

Dunyo bo‘ylab tez va xavfsiz pul o‘tkazmalarini amalga oshiring

Batafsil
Korporativ kartalar
Korporativ kartalar

Barcha biznes xarajatlarini toʻlash uchun qulay vosita

Batafsil
Ish haqi loyihasi
Ish haqi loyihasi

Xatarlarni minimallashtirish orqali xodimlarning kartalariga ish haqini kiriting

Batafsil
Savdo ekvayringi
Savdo ekvayringi

Biznesni rivojlantirish uchun kelajak mijozlar doirasini kengaytiring

Batafsil
Biznes kreditlari
Biznes kreditlari

Biznesni yaratish va rivojlantirish uchun foydali kredit mahsulotlari

Batafsil

Oxirgi yangilanish sanasi: 26.05.2026 10:37
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит