Kredit kartasi
100 mln so‘mgacha va 40 kungacha (Vaqtincha to'xtatilgan)


SQB MOBILE orqali 100 mln soʻmgacha boʻlgan kreditga buyurtma bering

car

Kartaning kredit limiti

100 mln soʻm

Yillik foiz stavkasi

26,9 %

Kredit muddati

48 oy

Kartani chiqarish va xizmat koʻrsatish

0 so‘m
  • Kredit kartasini olish oson
1-qadam
Kredit karta ochish uchun SQB MOBILE mobil ilovasiga ish haqi kartasini qoʻshing, ariza topshiring va kerakli kredit miqdorini ko‘rsating. Bankning javobini kuting
2-qadam
Toshkent shahri bo'yicha kartalarni Toshkent shahar mintaqaviy BXO kassasidan (Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek ko'chasi, 5-uy), Viloyatlarda oʻzingizga qulay boʻlgan Bank xizmatlari ofisi va Bank xizmatlar markazi kassalaridan kartani faollashtirib olishingiz mumkin.
Oʻzingiz bilan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat yoki haydovchilik guvohnomasini olishni unutmang.

Kredit kartasining afzalliklari
40 kungacha foizsiz
Kredit kartasi foydali moliyaviy vositaga aylanishi uchun xarajatlaringizga oqilona yondashing. Uning yordamida byudjetingizni foizsiz davrga mos keladigan tarzda rejalashtirishni oʻrganing.
free
Kartani rasmiylashtirish
Boshqa kredit mahsulotlaridan farqli o'laroq, siz SQB Mobile ilovasida 4 yil muddatga Kredit karta uchun onlayn ariza topshirishingiz mumkin! Endi har yili qog'ozbozlik va kafil topish haqida tashvishlanishning hojati yo'q.
Qulaylik bilan sayohat qiling
SQB kredit kartasi chet elda sayohat va xizmat safarlarida ko’plab bonuslar olish imkonini yaratadi. Karta VISA platformasida ishlaganligi uchun siz:
- mehmonxonani bron qilish;
- tovar va xizmatlar uchun to'lovlarni amalga oshirish (har bir tranzaksiya uchun 0.6 USD komissiyasi mavjud);
- avtomobillarni depozitsiz ijaraga olish va boshqa qulayliklardan foydalanishingiz mumkin.

SQB Mobile ilovasi orqali Kredit kartasini rasmiylashtiring

qr

Batafsil shartlar
  • Tariflar va shartlar
  • Tavsif
  • Ta’minot
  • Qarz oluvchiga qo'yiladigan talablar
Asosiy ma'lumotlar

Bank kartasining turi:

milliy valyutadagi Visa Classic kartasi

Kartani chiqarish va unga xizmat ko’rsatish:

bepul

Kredit limiti:

2 000 000 so'mdan 100 000 000 so'mgacha

Yillik foiz stavkasi:

26,9 %. Bunda kredit mablagʼlarining tovar va xizmatlar sotib olish uchun foydalanilgan qismiga, jami qarzdorliklar keyingi oyning 10-sanasi (toʼlov kuni)ga qadar qaytarilgan taqdirda, foizlar olinmaydi.

To'lov kuni:

Har oyning 10 sanasi

Har oylik foiz toʼlovi:

Kalendar oyi yakuni boʼyicha hisoblanadigan va toʼlov kuniga qadar soʼndirilishi lozim foizlar

Har oylik asosiy qarz toʼlovi (minimal toʼlov):

Kredit qoldigʼining 10 foizi miqdorida, kalendar oy yakuni boʻyicha hisoblanadigan va toʻlov kuniga qadar soʻndirilishi lozim boʻlgan toʻlov. Eng kam minimal toʻlov miqdori xaridlar va naqdga tenglashtirilgan operatsiyalar boʻyicha 100 000 so’mdan (lekin mikroqarz qoldigʻidan koʻp boʻlmaydi)

Kredit muddati:

48 oy. Bunda, kreditning oxirgi 12 oyi qarzdorlikni so’ndirish uchun ishlaydi

Kredit bank kartasining muddati:

36 oy. 36 oydan so’ng qarzdorlikni so’ndirish uchun kirim amaliyotlarini bajarish mumkin

Bank bankomatlarida va kassalarida naqd pulni yechib olish:

Komissiya toʼlovi operatsiyaning 2,9 % miqdorida (bankomat/terminalga xizmat ko'rsatuvchi bank qo'shimcha vositachilik haqi olishi mumkin). Bu holda foizsiz muddat hisoblanmaydi

Kartadan kartaga/bank hisobvarag'iga/elektron hamyonga pul o'tkazish:

Pul o'tkazmasining summasidan 2,9 % miqdorida vositachilik haqi. Bu holda foizsiz muddat hisoblanmaydi

Naqd pul olish va kartaga hisobvaraqqa hamyonga pul oʼtkazish limiti:

Cheklovsiz. Bunda, bajarilgan xizmat  uchun amaldagi bank tarifiga asosan xizmat haqi mavjudligini inobatga olinish lozim.

Chet elda savdo va xizmatlar uchun toʻlovlar:

Chet elda savdo va xizmatlar uchun o’tkazilgan har bir toʻlovga 0,6 AQSh dollar miqdorida vositachilik haqi undiriladi(QQS bilan)

Operatsiyalar haqida SMS-xabar berish:

Bepul


Hujjatlar

Onlayn kreditni sug’urta qilish bo’yicha ma’lumot

Yuklab olish
download

“Birinchi” nomli kredit bank kartalari ommaviy oferta shartnomasi

Yuklab olish
download

Kredit bank kartasini chiqarish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ommaviy oferta shartnomasi

Yuklab olish
download

“SQB MOBILE” mobil ilovasi orqali jismoniy shaxslar uchun masofaviy bank xizmatlari ommaviy oferta shartnomasi

Yuklab olish
download
Kredit karta haqida

“Oʻzsanoatqurilishbank”ning Visa Kredit kartasi har qanday vaziyatda ham sizning toʻlovni amalga oshirish qobiliyatingiz kafolatidir. Karta Visa toʻlov tizimi ishlaydigan dunyoning istalgan nuqtasida toʻlovlarni amalga oshirish va naqd pul yechib olish imkonini beradi, shuning uchun sayohat paytida undan foydalanish juda qulay.

Kredit kartaning asosiy afzalligi shundaki, siz bank pullaridan tekin foydalanishingiz mumkin. Tovarlar/ savdo /xizmatlar uchun to‘lov amalga oshirilganda va foydalanilgan kredit mablagʻlari foizsiz muddatda toʻliq qaytarilganda ushbu toʻlovlar boʻyicha foizlar undirilmaydi.
Kredit limiti tasdiqlanganidan soʻng,kartani Toshkent shahar mintaqaviy BXO kassasidan (Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek ko'chasi, 5-uy), viloyatlarda oʻzingizga qulay bo'lgan Bank xizmatlar ofisi va Bank xizmatlar markazi kassalaridan olishingiz mumkin. Oʻzingiz bilan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat yoki haydovchilik guvohnomasini olishni unutmang.


Komissiya

Visa Kredit kartasi avvalo do'konlarda va Internet xaridlarida naqd pulsiz muomala qilish uchun yaratilgan.
Shu bilan birga, kartadan naqd pul olish va o'tkazish operatsiyalari ham ta’qiqlanmaydi: siz bankomatdan pul olishingiz, bank hisob raqamlariga, elektron hamyonlar va kartalarga (P2P) kredit limitining 100 foizgacha (Bunda, xizmat xalqaro ham qo'shilgan holda) pul o'tkazmalarini amalga oshirishingiz mumkin, lekin bank buning uchun - 2 ,9% miqdorida vositachilik haqi oladi.


Foizsiz davr

Agar sizda “Oʻzsanoatqurilishbank”dan Visa Kredit kartasi boʻlsa, unda mavjud boʻlgan Bank pullaridan tekin foydalanishingiz mumkin. Ammo bank sizdan foiz va komissiya olmasligi uchun ma'lum shartlarga rioya qilish kerak. Agar siz oy davomida kredit kartangiz bilan xaridlar uchun toʻlovni amalga oshirgan bo'lsangiz, yangi oyning 10-kuniga qadar butun qarzni to'lashingiz kerak bo’ladi.

Imtiyozli davr tugagan boʻlsa, lekin qarz saqlanib qolsa, kredit rejimi belgilangan foiz stavkasini hisoblash va hisob raqamiga muntazam toʻlovlarni amalga oshirish talabi bilan faollashtiriladi. Kreditdan farqli oʻlaroq, kartada belgilangan toʻlov jadvali mavjud emas. Kechiktirilgan toʻlovlarning oldini olish uchun kartani kamida oylik majburiy to'lov miqdorida to'ldirish kerak. Uni o'tkazib yuborish yoki to'lamaslik mumkin emas - qarz muddati oʻtib ketadi va unga yuqori foizlar undiriladi.
Toʻlovlar haqida unutmasligingiz uchun oyning boshida oylik majburiy toʻlov qoldigʻi va oʻtgan oy uchun barcha qarzlar bilan SMS-xabar yuboriladi, mijoz uni 10-kungacha toʻlashi kerak.

Maslahat! Foizsiz davrni iloji boricha uzoqroq qilish uchun oyning boshida katta xaridlarni kredit karta bilan toʻlashga harakat qiling. Shunday qilib, qarzni toʻlash uchun sizning ixtiyoringizda 40 kungacha boʻladi.


Majburiy toʻlov

Majburiy toʻlov shartnomada koʻrsatilgan stavka boʻyicha foizlar va qarz summasining 10% miqdorida shakllanadi.
Lekin siz kerakli miqdordan koʻproq to'lashingiz mumkin. Qanchalik koʻp depozit qilsangiz, keyingi to'lov, kredit foizlari va umumiy ortiqcha toʻlov shunchalik kam boʻladi.


Qarzni to'lash

40 kungacha bo'lgan foizsiz muddat har oyning boshidan boshlanadi. Oyning oxiriga kelib, bank kartadagi qarz miqdorini jamlaydi va hisoblab chiqadi, uni keyingi 10 kun ichida to'lash maqsadga muvofiqdir. Qarz SQB MOBILE ilovasi orqali yoki bank kassasida boshqa kartadan kredit kartani to‘ldirish yo‘li bilan to‘lanadi.

Agar sizda hech qanday xarajatlar bo'lmasa, unda qarz ham yo'q.

Kredit kartaga pul o'tkazilganda qarz quyidagi tartibda to'lanadi:
1. Yuqori foizlar;
2. Muddatida toʻlanmagan foizlar;
3. Muddatida toʻlanmagan minimal toʼlov (har oylik asosiy qarz toʻlovi);
4. Аvvalgi oyda hisoblangan foizlar;
5. Minimal toʻlov (har oylik asosiy qarz toʻlovi);
6. Naqdga tenglashtirilgan amaliyotlar bo’yicha avvalgi oylarda yuzaga kelgan asosiy qarz;
7. Xaridlar boʻyicha avvalgi oylarda yuzaga kelgan asosiy qarz;
8. Hisoblangan foizlar;
9. Naqdga tenglashtirilgan amaliyotlar boʻyicha joriy oyda yuzaga kelgan asosiy qarz;
10. Xaridlar boʻyicha joriy oyda yuzaga kelgan asosiy qarz.


Ta’minot

Kreditni toʻlamaslik xavfini sug'urtalash polisi, onlayn tarzda rasmiylashtiriladi

Kredit ta’minoti sifatida Bank bilan ushbu kredit mahsulotini sugʻurta qilish bo’yicha bosh kelishuv tuzgan sugʻurta kompaniyalari kredit qaytmaslik (14-klass) xatari sugʻurta polislari onlayn taklif etiladi. Bunda, sugʻurta mukofoti mijoz tomonidan ilovaga ulangan Uzcard/Humo bank kartasi yordamida to’lanishi lozim.
Loyiha doirasida “SQB Insurance” SK AJ bilan bosh kelishuv tuzilgan boʻlib, sugʻurta kompaniyasi tomonidan ushbu xizmat kredit limitining 3.9% miqdorida sug’urta mukofoti bilan taqdim qilinmoqda.
Kelajakda loyihaga moliyaviy barqaror boshqa sug’urta kompaniyalarini va kafilliklarni qoʻshish bo’yicha ishlar olib borilmoqda.


Qarz oluvchiga qoʻyiladigan talablar

Qarz oluvchi - kredit olish uchun ariza berilgan kuni 18 yoshga to‘lgan – 60 yoshdan katta bo‘lmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi kerak;

- barcha kreditlar, kafilliklar boʻyicha majburiyatlar yuzasidan qarz yuki oʻrtacha oylik daromadning 50 foizidan oshmasligi kerak;

- kamida oxirgi 6 oy davomida daromadga ega boʻlishi;

- elektron skoring dasturidan maqullanishi lozim.


Ehtimol, sizni qiziqtiradi
Sizning orzuingizdagi mashina 25% dan kreditga

Birlamchi bozordan kvartira sotib olish uchun berilgan.

Sizning orzuingizdagi mashina 25% dan kreditga
SQB Mobile - barcha kerakli to'lovlar endi telefoningizda

Qulay mobil ilova yordamida kundalik toʻlovlarni amalga oshiring.

SQB Mobile - barcha kerakli to'lovlar endi telefoningizda

Oxirgi yangilanish sanasi: 07.02.2025 12:52  
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo