Targ'ibot materiallari
  • Elektron brashura
  • Infografiklar
  • Metodik qo'llanma
  • Plakat
  • Video roliklar
  • OAVdagi chiqishlar
  • Audio materiallar
×
img

Korrupsiyaga qarshi kurashish: ochiqlik va raqamlashtirishga e’tibor

“O‘zsanoatqurilishbank” ATBda Korrupsiyaga qarshi kurashish departamenti tashabbusi bilan “SQB’da korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar, bank xizmatlari koʻrsatilishida ochiqlik va shaffoflik, raqamlashtirish hamda tizimli profilaktika” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Markaziy bank, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi hamda “CERT International” MChJ va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda bankda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining joriy holati va erishilgan natijalar taqdim etildi.

📌 2026-yilning birinchi yarim yilligida 1 741 nafar xodim korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘qitildi.

📌 4 139 nafar xodimning manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha deklaratsiyalari tahlil qilindi.

📌 Korrupsiyaviy xavflar 21 ta funksiya bo‘yicha baholandi, 32 ta xizmat tekshiruvi o‘tkazildi.

📌 Raqamlashtirish yo‘nalishida SQB Mobile foydalanuvchilari soni 3,2 million nafarga yetdi.

Shuningdek, bankning korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi ISO 37001:2025 xalqaro standarti talablariga muvofiq qayta sertifikatsiyadan o‘tkazilgani qayd etildi.

SQBda asosiy maqsad — korrupsiyaviy xavflarni barvaqt aniqlash, inson omilini kamaytirish va ochiq hamda shaffof bank xizmatlarini rivojlantirish.





img
"Ishonch" gazetasi Yuklab olish (.pdf)
img
Gazeta 2026 yil 3-avgust 12 son Huquq va Ong Yuklab olish (.pdf)
img
Gazeta 2026-yil 22-iyul Qaroralpogiston Yuklab olish (.pdf)
img
Gazeta 23.07.26y Voha gazetasining 212-soni 8-bet Qashqadaryo Yuklab olish (.pdf)
img
Samarqand gazetasi 2026-10-24 No42 Yuklab olish (.pdf)

Mahalla radio kanali




SQB: Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Boshqaruv raisi o‘rinbosari murojaati



Oxirgi yangilanish sanasi: 02.11.2026 15:35  
up