Oʻzsanoatqurilishbank ATB korrupsiyaning barcha turi va koʻrinishlariga
qarshi!
Agar siz bank xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlariga duch
kelsangiz, shuningdek korrupsiyaga sabab boʻluvchi holatlar va shartlar
haqida ogohlantirmoqchi boʻlsangiz, siz “Komplayens ishonch telefoni”ga
murojaat qilishingiz mumkin.
Ushbu xizmat korrupsion harakatlarning har qanday koʻrinishini oldini
olishdan manfaatdor boʻlgan ham jismoniy, ham yuridik shaxslar uchun
tashkil etilgan.
Komplayens ishonch telefoni oʻzi nima?
Ushbu kanal 24/7 rejimida xavfsiz va maxfiy ravishda maʼlumotlar yigʻish
imkonini beradi. Turli qonunbuzarliklar toʻgʻrisidagi xabarlar
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning
murojaatlari toʻgʻrisida”gi qonuniga muvofiq qabul qilinadi va koʻrib
chiqiladi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning koʻrib chiqish uchun qabul qilingan
murojaatlarining turlari:
-
Bank xodimlarining harakatlaridagi korrupsiya alomatlari toʻgʻrisida;
-
Bank xodimlarining ish faoliyatidagi manfaatlar toʻqnashuvi
toʻgʻrisida.
Bank xodimlari tomonidan cheklovlar va taʼqiqlarni bajarilmasligi
toʻgʻrisida va korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida Oʻzbekiston
Respublikasi qonunchiligi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Bankining
meʼyoriy hujjatlari, Bankning ichki aktlari va normativ hujjatlari bilan
belgilangan majburiyatlar.
Aloqa usullari
Siz ishonch telefoniga qoʻngʻiroq qilishingiz yoki qayta aloqa botidan
foydalanishingiz mumkin. Murojaatlar shaxsni oshkor qilgan holda yoki
anonim tarzda qabul qilinadi. Bank murojaatlarning barchasini koʻrib
chiqilishini kafolatlaydi.
Diqqat! Anonim tarzda yuborilgan murojaatlarga qayta aloqa qilish
imkoniyati yoʻq, shuning uchun, bunday holatlarda Bank arizachiga javob
berishi yoki har tomonlama oʻrganib chiqish uchun qoʻshimcha maʼlumot
talab qila olmaydi.
@sqbantikor_bot
Murojaatlar maxfiyligi kafolatlanadi!