Dasturchi

Oʻzsanoatqurilishbank Komplayens nazorat departamentining Masofaviy xizmatlar texnologik nazorati boʻlimiga dasturchilarni tanlov asosida ishga taklif etadi

SIZNING VAZIFALARINGIZ:
- masofaviy xizmatlar, jumladan mobil ilovalar  orqali amalga oshiriladigan amaliyotlarni kuzatish va texnologik nazorat oʻrnatish.
- hamkor  toʻlov tizimlari va protsessing markazlari bilan amalga oshiriladigan amaliyotlarni kuzatish va texnologik nazorat oʻrnatish.
- bankda IT maxsulotlarining texnik topshiriqnomalarini ishlab chiqishda ishtirok etish va boshqalar.

NOMZODGA QOʻYILGAN TALABLAR:
- oliy maʼlumot (iqtisodiyot yoki IT yoʻnalishda);
- ichki me’yoriy hujjatlar bilan ishlash qobiliyati;
- IT mahsulotlarini muvofiqligini baholash (IT Compliance po TZ);
- MB ORACLE (SQL i PL/SQL) tizimida ishlay olishi;
- Full stack developer (frontend and backend);
- ABT (ABS) hamda bank kartalari protsessingi boʻyicha tushunchaga ega boʻlishi;
- oʻzbek va rus tillarini mukammal bilishi, ingliz tilidan kamida IELTS 6.0 (B2) (oxirgi 3-yillik) darajaga ega boʻlish.