“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kredit monitoringi va nazorati departamenti Markazlashgan monitoring xizmati uchun malakali va mas’uliyatli Yetakchi menejer lavozimiga nomzodlarni ishga taklif etadi.
Asosiy vazifalar:
• Kredit loyihalari va qarzdorlar faoliyati bo‘yicha monitoring natijalarini tahlil qilish
• Erta ogohlantirish signallari (Early Warning Signals) asosida kredit portfelidagi risklarni aniqlash va baholash
• Kredit mablag‘larining maqsadli ishlatilishi yuzasidan monitoring natijalarini ko‘rib chiqish va tahlil qilish
• Monitoring jarayonida aniqlangan muammolar bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish
• Kredit portfeli holati yuzasidan tahliliy ma’lumotlar va hisobotlar tayyorlash
• Kreditlarni sog‘lomlashtirish, qayta monitoring qilish va undirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish
• Bankning tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlikda monitoring natijalari yuzasidan zarur choralarni ko‘rish
• Kollegial organlar qarorlarida belgilangan qo‘shimcha shartlar va ko‘rsatkichlar bajarilishi ustidan nazorat olib borish
• Bank rahbariyati tomonidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
• Oliy ma’lumot (iqtisodiyot, moliya, bank ishi yoki turdosh yo‘nalishlar)
• Bank tizimida kamida 2 yillik ish tajribasi
• Kredit monitoringi, kredit tahlili, risk-menejment, ichki audit yoki muammoli aktivlar bilan ishlash yo‘nalishlarida tajriba
• Kredit portfeli monitoringi va tahlili bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar
• Moliyaviy hisobotlarni tahlil qilish ko‘nikmasi
• MS Excel va boshqa ofis dasturlaridan yaxshi darajada foydalanish
• Analitik fikrlash, mas’uliyatlilik va natijaga yo‘naltirilganlik
• Katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash qobiliyati
• O‘zbek va rus tillarini bilish, ingliz tilini bilish ustunlik beradi
Afzallik beriladi:
• Kredit monitoringi, kredit risklari, muammoli kreditlar yoki ichki audit yo‘nalishlarida ishlagan nomzodlarga
• ACCA, CFA, FRM kabi xalqaro sertifikatlarga ega yoki ushbu dasturlar bo‘yicha tahsil olayotgan nomzodlarga
• Tahliliy hisobotlar va boshqaruv uchun ma’lumotlar tayyorlash tajribasiga ega nomzodlarga
• Bank kredit portfeli va moliyaviy hisobotlar bilan ishlash tajribasiga ega nomzodlarga
Biz taklif qilamiz:
• Respublikadagi yirik va barqaror banklardan birida faoliyat yuritish imkoniyati
• Kasbiy va martaba rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar
• Muhim va strategik loyihalarda ishtirok etish
• Korporativ o‘quv dasturlari va malaka oshirish imkoniyatlari
• Raqobatbardosh ish haqi
• Ijtimoiy paket va korporativ imtiyozlar
• Zamonaviy va professional ish muhiti
Rezyumeni quyidagi manzilga yuborishingiz mumkin: hr@sqb.uz