“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning Yashnobod bank xizmatlari markazi mijoz menejer guruhiga Kichik mijoz menejeri lavozimiga nomzodlarni taklif etadi.
ASOSIY VAZIFALAR:
· Bank mahsulotlari va xizmatlarini mijozlarga taqdim etish va sotish;
· Yangi mijozlarni jalb qilish va mavjud mijozlar bazasini rivojlantirish;
· Mijozlarning ehtiyojlarini aniqlash va tegishli bank mahsulotlarini taklif qilish;
· Kredit, bank kartalari va omonatlar bo‘yicha mijozlarga xizmat ko‘rsatish;
· Mijozlar bilan muzokaralar olib borish va murojaatlari bilan ishlash;
· Belgilangan reja va KPI ko‘rsatkichlarini bajarish.
TALABLAR:
· Oliy ma’lumot;
· Mijozlar bilan ishlash va muloqot qilish ko‘nikmalari;
· Sotuv va muzokara olib borish qobiliyati;
· Mas’uliyatlilik va natijaga yo‘naltirilganlik;
· Bank mahsulotlarini o‘rganishga tayyorlik.
BIZ TAKLIF QILAMIZ:
· Yirik bankda ishlash imkoniyati;
· Professional rivojlanish va o‘sish imkoniyatlari;
· O‘quv mashg‘ulotlari va treninglar;
· Real mijozlar va bank mahsulotlari bilan amaliy ishlash.