“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kredit monitoringi va nazorati departamenti Markazlashgan monitoring xizmati uchun malakali va mas’uliyatli Yetakchi menejer lavozimiga nomzodlarni ishga taklif etadi.
Asosiy vazifalar:
• Kredit loyihalari va qarzdorlar faoliyati bo‘yicha monitoring natijalarini tahlil qilish
• Erta ogohlantirish signallari (Early Warning Signals) asosida kredit portfelidagi risklarni aniqlash va baholash
• Kredit mablag‘larining maqsadli ishlatilishi yuzasidan monitoring natijalarini ko‘rib chiqish va tahlil qilish
• Monitoring jarayonida aniqlangan muammolar bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish
• Kredit portfeli holati yuzasidan tahliliy ma’lumotlar va hisobotlar tayyorlash
• Kreditlarni sog‘lomlashtirish, qayta monitoring qilish va undirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish
• Bankning tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlikda monitoring natijalari yuzasidan zarur choralarni ko‘rish
• Kollegial organlar qarorlarida belgilangan qo‘shimcha shartlar va ko‘rsatkichlar bajarilishi ustidan nazorat olib borish
• Bank rahbariyati tomonidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish
Rezyumeni quyidagi manzilga yuborishingiz mumkin: hr@sqb.uz