"O‘zsanoatqurilishbank" Aloqa markaziga operatorlarni ishga taklif etadi!

Sizning majburiyatlaringiz:

  • Mijozlarga bank faoliyatiga doir barcha savollar bo‘yicha ma’lumot berish;
  • Ularning arizalari va rasmiy murojaatlarini hujjatlashtirish;
  • Yangi mahsulot va xizmatlar haqida xabar berish uchun qo‘ng‘iroq qilish;
  • Bajarilgan ishlar haqida hisobotlar tayyorlash;

Nomzodlarga qo’yiladigan talablar:

  • 18 dan 25 yoshgacha bo‘lish;
  • o‘zbek va rus tillarini mukammal bilish;
  • PKning faol foydalanuvchisi bo‘lish va yuqori tezlikda yozish;
  • sotuvlar borasidagi mahorat afzal ko‘riladi;
  • ravon nutq, yaxshi diksiya;
  • kommunikabellik;
  • o‘z ustida ishlash.