“O‘zsanoatqurilishbank” ATB HR-brend va ichki kommunikatsiyalar bo‘yicha yo‘nalish rahbari lavozimiga tanlov e’lon qiladi

1. Ta’lim

  • Oliy ma’lumot (afzalroq kadrlarni boshqarish, huquqshunoslik, iqtisodiyot yoki menejment yo‘nalishlarida).
  • Mehnat qonunchiligi yoki kadrlar hujjatlarini yuritish bo‘yicha qo‘shimcha kurslar yoki sertifikatlar ma’qul ko‘riladi.

2. Ish tajribasi

  • HR-administratsiya / kadrlar hujjatlarini yuritish sohasida kamida 5 yil ish tajribasi.
  • Bank yoki moliya tizimida ishlaganlik tajribasi afzal hisoblanadi.

3. Professional bilimlar

Nomzod quyidagilarni yaxshi bilishi kerak:

  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi.
  • Mehnat munosabatlari sohasidagi qonunchilik va normativ hujjatlar.
  • Kadrlar hujjatlarini yuritish qoidalari va tartiblari.
  • Xodimlar bilan ishlash bo‘yicha ichki nizomlar, reglamentlar va yo‘riqnomalarni ishlab chiqish amaliyoti.

4. Lavozim vazifalari

  • Kadrlar hujjatlarini yuritish jarayonlarini avtomatlashtirish.
  • Ichki normativ hujjatlarni (reglamentlar, nizomlar, protseduralar) ishlab chiqish.
  • Mehnat qonunchiligi va bankning ichki siyosatlariga rioya etilishini nazorat qilish.
  • Yuridik bo‘lim, audit va ichki nazorat bilan hamkorlik qilish tajribasi.

5. Shaxsiy kompetensiyalar

  • Yuqori darajadagi mas’uliyat va detallarga e’tibor.
  • Tizimli fikrlash.
  • Katta hajmdagi hujjatlar bilan ishlash qobiliyati.
  • Jarayonlarni tashkil etish va nazorat qilish ko‘nikmalari.
  • Rivojlangan kommunikatsion va boshqaruv ko‘nikmalari.

6. Qo‘shimcha talablar

  • O‘zbek va rus tillarini bilish (ish yozishmalari uchun).
  • Ichki HR tizimlari va elektron hujjat aylanishi bilan ishlash tajribasi ustunlik beradi.

"O'zsanoatqurilishbank" ATB Ichki mehnat tartibi qoidalari (.pdf)
Mehnat shartnoma (namuna) (.pdf)