Korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to'qnashuvini oldini olish sohasida tajribaga ega mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.
Asosiy vazifalar:
• Bankning korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to'qnashuvini oldini olish bo'yicha faoliyatini takomillashtirish
• Korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish bo'yicha ishlarni tashkil etish
• Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining samarali ishlashini ta'minlash va nazorat qilish
• Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va ularni kamaytirish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish
• Korrupsiyaviy xavf-xatarga ko'p duch keladigan vazifalar va lavozimlar ro'yxatini shakllantirish
• Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikni tashkil etish
• Bank xodimlarining xabardorligini oshirish va o'quv mashg'ulotlarini tashkil etish
Talablar:
• Oliy ma'lumot (yurisprudensiya, iqtisodiyot, moliya, soliq, audit, tizimli tahlil, menejment yoki axborot texnologiyalari)
• Mutaxassisligi bo'yicha kamida 3 yillik ish staji; komplayens va korrupsiyaga qarshi kurashish yo'nalishidagi tajribaga ustuvorlik beriladi
• Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida maxsus o'quv kurslaridan o'tganlik to'g'risida sertifikat mavjudligi (majburiy)