“Oʻzsanoatqurilishbank” ijtimoiy risklar va inson huquqlari boʻyicha mutaxassisni taklif etadi.

VAZIFALAR:
-  Loyihalarning ekologik va sotsial risklarni (Xalqaro moliya institutlari talablari asosida) tahlil qilish, baholash va minimallashtirish boʻyicha zarur ishlarni amalga oshirish;

-  Bankning kredit loyihalariga ekologik va sotsial risklarni boshqarish boʻyicha tegishli  xulosa taqdim etish;

-  Ekologik va sotsial risklarni oldini olish yoki kamaytirish boʻyicha Bank rahbariyatiga tegishli taklif va tavsiya berib borish;

-   Oylik va yillik (Xalqaro moliya institutlari talablari asosida) ekologik va sotsial risklarni boshqarish  boʻyicha tahliliy hisobot tayyorlash;

-  Ekologik va sotsial risklarni boshqarish tizimini bosqichma-bosqich avtomatlashtirib borish jarayonida qatnashish;

-  Bank faoliyatida uchrashi mumkin boʻlgan ekologik va sotsial risklar roʻyxatini yuritish, ularning yuzaga kelish omillarini oʻrganish hamda boshqarish boʻyicha barcha zaruriy choralarni koʻrish.

TALABLAR:
-  Xalqaro mehnat standartlari;

-  Xalqaro mehnat Tashkilotining hujjatlari: konvensiyalar, tavsiyalar, tegishli xalqaro hujjatlar;

-  XMK ishlash standartlari;

-  Tilni bilish (oʻzbek, rus, ingliz-erkin);

-  Hisobotlarni tayyorlash, yuqori menejment uchun prezentatsiyalar tayyorlash boʻyicha malakalar;

-  MS Office (Power point, Word, Excel) da erkin ishlash;

-  Ijtimoiy xavflarni baholash va ularni minimallashtirish yoʻllarini izlash;

-  IT sohasidagi bilimlar mavjudligi;

-  Tegishli sohada buyicha magistr darajasi (ijtimoiy fanlar, sotsiologiya, antropologiya, siyosatshunoslik, inson huquqlari, xalqaro munosabatlar va boshqalar);

-  Xizmat safarlariga chiqish;

-  Agar  (kamida 5 yil) ish tajribasi boʻlsa, bakalavr darajasini hisobga olinishi mumkin.


Ijtimoiy risklar va inson huquqlari boʻyicha xodimning ish haqi suxbatdan soʻng belgilanadi.