O'zsanoatqurilishbank kontent-menejer lavozimiga tanlov asosida nomzodlarni taklif etadi.

Asosiy vazifalar:

  1. Har kuni kreativ kontent g'oyalari va ssenariylarini yaratish (bank mavzusi bo‘yicha), to‘g‘ri kopirayting va turli kanallar, ijtimoiy tarmoqlar, veb-sayt hamda reklama kampaniyalari uchun oylik kontent rejasini rahbariyatga taqdim etish;
  2. Media resurslarida kerakli ma'lumotlarni tezda topish va uni bank yo'nalishiga moslashtirish;
  3. Bankning biznes bo‘limlaridan mahsulotlar haqida ma’lumot to‘plash;
  4. Kontent nuqtai nazaridan bozor va raqobatchilarni muntazam tahlil qilish, trendlar va istiqbolli rivojlanish yo‘nalishlarini aniqlash;
  5. Kreativ jarayonni boshqarish (koncepsiyalar, ssenariylar, obrazlar, repetitsiyalar);
  6. Kontent uchun video suratga olish maydonchalarini o‘rganish va tanlash;
  7. Hujjatlar bilan ishlash, statistik hisobotlarni yuritish, tadbir natijalarini tahlil qilish va rahbariyatga taqdim etish.

Nomzodlarga qo'yiladigan talablar:

  • Bank loyihalarida doimiy ishtirok va kontent-menejer sifatida kamida 3 yillik tajriba, real ish tajribalari va yutuqlar bilan;
  • Hozirgi zamon tadbir marketingi tendensiyalarini tushunish;
  • Kreativ fikrlash va maqsadli auditoriya manfaatlariga mos yangi g‘oyalarni yaratish qobiliyati;
  • Muloqot qobiliyatiga ega bo‘lish, muzokaralar olib borish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
  • MS Word, MS Excel, MS PowerPoint dasturlaridan tajribali foydalanuvchi;
  • O‘zbek va rus tillarini bilish, ingliz tilini bilish afzal ko‘riladi;
  • Ko‘p ma'lumot bilan multitask rejimida ishlash qobiliyati, qisqa muddatlarda topshiriqlarni bajarishga tayyor bo‘lish.

Eslatma: suhbatga taklif qilinishingiz uchun o‘zingizning CV (ob'ektivka), ish misollari va havolalarni ilova qilish majburiy.

Muvaffaqiyatli professional jamoaga qo‘shilishni xohlovchilarni hr@sqb.uz elektron manziliga rezyumelarini yuborishlarini va qiziqqan lavozimni ko‘rsatishlarini so‘raymiz.