O'zsanoatqurilishbank SMM menejeri va mobilograf lavozimlariga tanlov asosida nomzodlarni taklif etadi
Asosiy vazifalar:
Asosiy media resurslarni boshqarish va rivojlantirish: telegram kanallari, ijtimoiy tarmoqlar (Instagram, Facebook, LinkedIn, Twitter va boshqalar) va veb-saytlar;
Kuchli shaxsiy media brendini yaratish qobiliyati, jumladan, targeting va influence marketing ko‘nikmalaridan foydalanish;
Media kanallarda reklama strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Tayyor holatda ssenariy, reels, trend kontentlar yaratish va foydalanishga topshirib, bu orqali lidlarni jalb qilish;
Mobilografiya ko‘nikmalari, video va fotosuratlarni qayta ishlash dasturlarini bilish va infografikalarni yaratish;
Kontent uchun kreativ g‘oyalarni yaratish qobiliyati, kopirayterlik savodxonligi (brifinglar, ma’ruzachilarning tezislari, press-relizlar, sharhlar, media kitlar);
Auditoriyani ko‘paytirish va saqlab qolish;
Mavjud uslubni turli auditoriyaga moslashtirish;
SMM kampaniyalarining samaradorligini tahlil qilish, ko‘rsatkichlarni monitoring qilish va kuzatish, KPI bo‘yicha hisobot berish;
Talablar:
SMM menejeri va mobilograf sifatida kamida 3 yil ish tajribasi;
O‘zbek va rus tillarini mukammal bilish;
Katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash va qisqa vaqt ichida vazifalarni bajarish;
Marketing bo‘yicha asosiy bilimlarga ega bo‘lishingiz muhimdir.
Ma’lumot o‘rnida, suhbatga taklif qilinishingiz uchun o‘zingizni CV (shaxsiy ma’lumotnoma) va yaratilgan ishlaringiz bo‘yicha havolalarni biriktirishingiz so‘raladi.