O'zsanoatqurilishbank sun'iy intellekt bo'yicha Boshqaruv Raisi maslahatchisi lavozimiga nomzodlarni taklif etadi

Asosiy majburiyatlar:
▪️ Bank faoliyatida sun'iy intellektdan foydalanish strategiyalarini ishlab chiqish va joriy etish;
▪️ Innovatsion texnologiyalar bo'yicha Boshqaruv Raisiga maslahat berish;  
▪️ Bank amaliyotiga SI-yechimlarini joriy etish loyihalarini boshqarish;  
▪️ Joriy jarayonlarni tahlil qilish va SI yordamida optimallashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish;
▪️ Yangi texnologiyalar va dasturiy yechimlarni baholash va joriy etish;
▪️ SI va mashinali o'qitish sohasidagi tendentsiyalarni tadqiq qilish va tahlil qilish.

Nomzodlarga qo'yiladigan talablar:
▪️ AT, matematika fanlari, muhandislik sohasida oliy ma'lumot;
▪️ SI va mashinali o'qitish sohasida 5 yildan ortiq ish tajribasi;
▪️ Loyihalarni boshqarish va strategik rejalashtirish tajribasi;
▪️ Ma'lumotlar tahlili va SI algoritmlarini ishlab chiqish sohasida chuqur bilim;  
▪️ Zamonaviy AT-texnologiyalarini bilish;
▪️ Rus va ingliz tillarini erkin bilish.