Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish va aholini moliyaviy qo'llab-quvvatlash sohasida faol ishlashga tayyor mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.
Asosiy vazifalar:
• Biriktirilgan mahallalarda aholi bandligini ta'minlash, tadbirkorlik imkoniyatlarini o'rganish va aholining g'oyalarini loyihalarga aylantirish
• Kredit ajratish orqali yangi ish o'rinlari yaratish va loyiha egalariga har tomonlama ko'mak berish
• "O'zini o'zi band qilgan shaxs — yakka tartibdagi tadbirkor — kichik biznes — o'rta biznes — yirik biznes" zanjirining har bir bosqichida moliyaviy xizmatlar taklif etish
• Mahallalarda tadbirkorlik subyektlari tashabbuslarini moliyaviy qo'llab-quvvatlash
• Aholining moliyaviy savodxonligini oshirish va yangi mijozlarni jalb qilish
• Muammoli kreditlar ulushini pasaytirish (NPL90+) bo'yicha choralar ko'rish
• "Loyihalar yarmarkasi", "Sayxunobod tajribasi" va "Uychi tajribasi" doirasidagi tadbirlarda faol ishtirok etish
Talablar:
• Oliy ma'lumot
• Ish tajribasi talab etilmaydi
• Stressga chidamlilik, qat'iyatlilik, kommunikativlik
• O'zbek va rus tillarini bilish
Ish joyi: Toshkent shahri
Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.