SQB Axborot xavfsizligi markazi xodisalarni boshqarish xizmatiga kichik menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi

Kiberxavfsizlik sohasida o’zingizni sinab ko’rmoqchimisiz? Unda bu lavozim siz uchun!



Asosiy vazifalar:

  • SIEM va boshqa xavfsizlik vositalarining texnik infratuzilmasini sozlash, loglar integratsiyasi va tizimlarning uzluksiz ishlashini ta’minlash
  • Tizim ichidagi yashirin kibertahdidlarni proaktiv qidirish va global kiberrazvedka ma’lumotlari asosida yangi himoya ssenariylarini ishlab chiqish
  • Kiberhodisalarni boshqarish reglamentlarini joriy etish, jamoa faoliyatini muvofiqlashtirish va rahbariyat uchun strategik hisobotlar tayyorlash

Talablar:

  • Oliy yoki tugallanmagan oliy ma’lumot
  • Kamida 1 yillik ish tajribasi
  • SIEM tizimlari va kiberxavfsizlik loglarini tahlil qilish ko’nikmasi
  • Tarmoq xavfsizligi bayonnomalari va xavfsizlik devorlari bilan ishlash tajribasi
  • Hujjatlar bilan ishlash va hisobot tayyorlash ko’nikmasi
  • Mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik, stressga chidamlilik

Ish joyi:

Yunusobod tumani, Shaxrisabz ko’ch., 3-bino

Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.