SQB Axborotlarni muhofaza qilish markazining Antifrod xizmatiga menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi

Firibgarlikka qarshi kurash va moliyaviy operatsiyalar xavfsizligi sohasida tajribaga ega mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.



Asosiy vazifalar:

  • Avtomatlashtirilgan antifrod tizimlari orqali operatsiyalarni uzluksiz monitoring qilish
  • Firibgarlik va shubhali tranzaksiyalarni aniqlash, oldini olish va xavfli operatsiyalar bo'yicha tezkor choralar ko'rish
  • Antifrod qoidalari va ssenariylarini ishlab chiqish va takomillashtirish
  • Firibgarlik sxemalarini tahlil qilish, xalqaro to'lov tizimlari va hamkor tashkilotlar bilan ishlash
  • Hisobot va incidentlarni yuritish, maxfiy ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlash

Talablar:

  • Oliy yoki tugallanmagan oliy ma'lumot
  • Kamida 1 yillik ish tajribasi
  • Antifrod va fraud monitoring tizimlari bilan ishlash ko'nikmasi
  • Bank, to'lov tizimlari va masofaviy xizmatlar jarayonlarini tushunish
  • Risklarni baholash va incidentlarga tezkor javob qaytarish ko'nikmasi
  • MS Excel, SQL va monitoring platformalari bilan ishlash ko'nikmasi
  • Mas'uliyatlilik, tashabbuskorlik, stressga chidamlilik
  • Rus tilini bilish

Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.