SQB Bekobod bank xizmatlari markaziga ofis menejeri lavozimiga tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Mijozlar bilan muloqot qilishni yaxshi ko'rasizmi va bank xizmatlari sohasida o'zingizni sinab ko'rmoqchimisiz? Unda sizni jamoamizda kutamiz.



Asosiy vazifalar:

  • Mijozlarga dastlabki ma'lumot va maslahat berish
  • Bank kartalarini sotish va mobil ilovani ulash
  • Omonatlarni jalb qilish
  • Xizmat ko'rsatish standartlariga amal qilish
  • 24/7 zonasida mijozlarga yordam berish

Talablar:

  • Oliy / o’rta ma'lumot
  • Ish tajribasi talab etilmaydi
  • Hushmuomalalik, stressga chidamlilik, qat'iyatlilik, kommunikativlik
  • O'zbek, rus va ingliz tillarini bilish

Ish joyi:

Toshkent viloyati, Bekobod shahri

Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.