SQB Farg‘ona BXO uchun Bank xizmatlari ofisi boshqaruvchisi o‘rinbosari lavozimiga nomzodlarni taklif qiladi

Bank tizimida tajribaga ega, jamoani boshqara oladigan va natija uchun mas’uliyat olishga tayyor mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.



Asosiy vazifalar:

  • Bank xizmatlari ofisining kundalik faoliyatini muvofiqlashtirish
  • Jismoniy va yuridik shaxslarga sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash
  • KPI va biznes ko‘rsatkichlari bajarilishini nazorat qilish
  • Jamoani boshqarish, xodimlarni rivojlantirish va natijadorlikni monitoring qilish
  • Kredit portfeli va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati ustidan nazorat olib borish
  • Operatsion jarayonlar va ichki standartlarga rioya etilishini ta’minlash

Talablar:

  • Oliy ma’lumot (iqtisodiy, moliyaviy yoki bank yo‘nalishi ustunlik beradi)
  • Bank tizimida kamida 5 yillik ish tajribasi
  • Jamoani boshqarish va operatsion faoliyatni tashkil etish tajribasi
  • Bank mahsulotlari va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini yaxshi bilish
  • Liderlik, analitik fikrlash va samarali muloqot ko‘nikmalari

Lokatsiya:

Farg‘ona shahri, Farg‘ona viloyati

Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.