Hujjat aylanishi, ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash sohasida o’zingizni sinab ko’rmoqchimisiz? Unda sizni jamoamizda kutamiz.
Asosiy vazifalar:
• Xat-hujjatlar va topshiriqlarni EHA tizimida ro’yxatdan o’tkazish, ijrochilar hamda muddatlarni belgilash
• Ijro intizomini ta’minlash, topshiriqlarning o’z vaqtida va sifatli bajarilishini monitoring qilish
• Ijro.gov.uz va boshqa elektron tizimlarni yuritish hamda nazorat qilish
• Murojaatlar bilan ishlashni tashkil etish, ularni EHA tizimida ro’yxatga olish va ijrosini nazorat qilish
• Prezident virtual qabulxonasi, Xalq qabulxonalari va tadbirkorlar virtual ofisidan kelgan murojaatlarni ko’rib chiqishni muvofiqlashtirish
• Bank xizmatlari ofisi va markazlarida ish yuritish hamda hujjatlar aylanishini tashkil etish
• Shaxsiy va sayyor qabullarni tashkil etish, murojaatlarni hujjatlashtirish va nazorat qilish
• Arxiv ishlari va hujjatlar nomenklaturasini yuritish, hisobot va ma’lumotlar tayyorlash
Talablar:
• Oliy ma’lumot
• Ish tajribasi talab etilmaydi
• Stressga chidamlilik, qat’iyatlilik, kommunikativlik
• O’zbek va rus tillarini bilish
• B toifali haydovchilik guvohnomasi mavjudligi
Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.