SQB Katartal bank xizmatlari markaziga kichik menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi

Mijozlar bilan ishlash va bank mahsulotlarini taqdim etish sohasida o'zingizni sinab ko'rmoqchimisiz? Unda sizni jamoamizda kutamiz.

 Asosiy vazifalar:
• Mijozlarga bank mahsulotlari va xizmatlari bo'yicha maslahat berish
• Yangi mijozlarni jalb qilish va mijozlar bazasini kengaytirish
• Bank kartalari, depozitlar, kredit mahsulotlari va raqamli xizmatlarni sotish
• Jismoniy shaxslarni kreditlash jarayonini kuzatib borish
• Belgilangan KPI va reja ko'rsatkichlarini bajarish
• Mijozlarning murojaatlari, takliflari va so'rovlari bilan ishlash

Talablar:
• Oliy ma'lumot (iqtisodiy yoki boshqa)
• Ish tajribasi talab etilmaydi
• Og'zaki va yozma savodxonlik
• Kommunikatsiya va muzokara olib borish ko'nikmasi
• Mijozga yo'naltirilganlik va mas'uliyatlilik
• Jamoada ishlash va belgilangan maqsadlarga erishish qobiliyati

 Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.