SQB Ma'muriy-xo'jalik departamentining xo'jalik ta'minoti xizmatiga yetakchi menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi

Bank xo'jalik faoliyatini monitoring qilish va mulkni boshqarish sohasida tajribaga ega mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.

Asosiy vazifalar:
• Bank va filiallarining xo'jalik faoliyatini monitoring qilish
• Bank binolari, inshootlari va mulkining ekspluatatsiyasi hamda saqlanishini nazorat qilish
• Ob'ektlarni kuz-qish va bahor-yoz mavsumlariga tayyorlashni nazorat qilish
• Muhandislik kommunikatsiyalari (elektr, suv, isitish, konditsioner, kanalizatsiya) ishini muvofiqlashtirilish
• Hisobotlar, xulosalar va tahliliy materiallar tayyorlash
• Ichki auditlar natijalari bo'yicha kamchiliklarni bartaraf etishni nazorat qilish
• Bank mulkini sotib olish, sotish va samarali foydalanish jarayonlarini tashkil etish

Talablar:
• Oliy iqtisodiy yoki texnik ma'lumot
• Kamida 2 yillik ish tajribasi
• Normativ hujjatlar va ob'ektlar ekspluatatsiyasi qoidalarini bilish
• Hisobotlar va tahliliy materiallar tayyorlash ko'nikmasi
• Mas'uliyatlilik, tashkilotchilik va ijrochilik
• Kompyuter va ofis dasturlarini erkin bilish

Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.