Bank mulki va xo'jalik ta'minotini boshqarish sohasida tajribaga ega mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.
Asosiy vazifalar:
• Kanselyariya, xo'jalik va boshqa mollarning o'z vaqtida olib kelinishi va omborga kirim qilinishini ta'minlash
• Tarmoq mulklaridan oqilona foydalanish va saqlashni tashkil etish, sanitariya-gigiena qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish
• Bino va inshootlarni bahorgi-yozgi va kuzgi-qishki mavsumlarga tayyorlash reja-tadbirlarini ishlab chiqish
• Muhandislik kommunikatsiyalari (elektr, gaz, suv, isitish, kanalizatsiya) ishchi holatda bo'lishini tashkil etish
• Kommunal xizmatlar bo'yicha shartnomalar rasmiylashtirish va hisoblagich ko'rsatkichlarini taqdim etish
• Mebel, jihozlar va xo'jalik mollari bilan ta'minlash hamda ularning saqlanishini nazorat qilish
• Xizmat avtotransport vositalaridan foydalanilishi va texnik holatini nazorat qilish
• Tarmoq balansidagi mol-mulklarni hisobdan chiqarish bo'yicha takliflar kiritish
Talablar:
• Oliy iqtisodiy yoki texnik ma'lumot
• Kamida 2 yillik ish tajribasi
• Stressga chidamlilik, qat'iyatlilik, kommunikativlik
• O'zbek va rus tillarini bilish
Ish joyi: Sirdaryo viloyati
Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.