Mijozlar bilan ishlash va bank mahsulotlarini taqdim etish sohasida o’zingizni sinab ko’rmoqchimisiz? Unda sizni jamoamizda kutamiz.
Asosiy vazifalar:
• Yangi mijozlarni jalb qilish va mijozlar bazasini oshirish
• Mavjud va potensial mijozlar bilan muzokaralar olib borish, ehtiyojlarini aniqlash va bank xizmatlarini taklif etish
• Jismoniy shaxslarga kredit ajratish va kreditlash jarayonini muvofiqlashtirish
• Bank kartalarini sotish, mobil ilovaga ulash va omonatlarni jalb qilish
• Mijozlarni identifikatsiyadan o’tkazish va bank mahsulotlari bo’yicha hujjatlarni rasmiylashtirish
• Mijozlarga xizmat ko’rsatish standartlariga amal qilish
Talablar:
• Oliy ma’lumot
• Bank sohasida ish tajribasi mavjud bo’lsa afzallik
• Stressga chidamlilik, qat’iyatlilik, kommunikativlik, hushmuomalalik
• O’zbek, rus va ingliz tillarini bilish
• Haydovchilik guvohnomasi mavjudligi
Ish joyi: Namangan viloyati, Namangan shahri, I.Karimov ko’chasi, 19-uy
Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.