Biznes yo‘nalishlarini samarali boshqarish, mijozlar bilan ishlash va bank xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha tajribaga ega mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.
Asosiy vazifalar:
• BXO faoliyatini biznes yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish.
• Bank tomonidan belgilangan biznes rejalar va topshiriqlarning bajarilishini ta’minlash.
• Xodimlarga biznes reja ko‘rsatkichlariga erishish bo‘yicha topshiriqlar berish, amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish.
• Mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlaridagi muammo va kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish.
• Jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilgan kreditlar, shu jumladan muammoli kreditlar bo‘yicha tahlillar o‘tkazish.
• Mijozlarning murojaatlari, e’tirozlari va takliflarini o‘rganish hamda xizmat sifatini oshirish choralarini ko‘rish.
• Kassa ishi va naqd pul muomalasi holatini nazorat qilish.
• Aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning naqd pulga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘z vaqtida qondirishni ta’minlash.
• BXO faoliyati bo‘yicha rahbariyatga tegishli hisobot va takliflar kiritish.
Talablar:
• Oliy ma’lumot.
• Bank sohasida kamida 5 yillik ish tajribasi.
• Bank faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik va Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjatlari bo‘yicha bilim.
• Bankning ichki hujjatlari, kassa amaliyotlari va dasturiy ta’minotlar bilan ishlash ko‘nikmasi.
• Mas’uliyatlilik, qat’iyatlilik va kommunikativlik.
• O‘zbek va rus tillarini bilish.
• Xizmat safarlariga tayyorlik.
Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 22.08.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.