SQB O‘rta biznes markazi Yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish guruhi menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Yuridik shaxslar bilan ishlash, zamonaviy bank mahsulotlarini taklif etish va mijozlarga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tajribangiz bo‘lsa, sizni jamoamizga taklif qilamiz.

 Asosiy vazifalar:
• Yuridik shaxslarning milliy va xorijiy valyutadagi hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish.
• Hisob-kitob, depozit va boshqa bank operatsiyalariga xizmat ko‘rsatish.
• To‘lov hujjatlarini iABS tizimi orqali qayta ishlash.
• Korporativ bank kartalari va ish haqi loyihalariga xizmat ko‘rsatish.
• Mijozlarni masofaviy bank xizmatlariga ulash.
• Bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha maslahat berish hamda kross-sotuvlarni amalga oshirish.
• POS-terminallar bo‘yicha shartnomalarni rasmiylashtirish va ularga xizmat ko‘rsatish.
• EHA tizimi orqali kelgan hujjatlarni o‘z vaqtida ijro etish.
• AML/CFT, ichki nazorat va bank siri talablariga rioya qilish.

 Talablar:
• Oliy iqtisodiy ma’lumot.
• Bank tizimida kamida 2 yillik ish tajribasi.
• Yuridik shaxslarga hisob-kitob-kassa xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha bilim.
• Bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish tartibini bilish.
• Markaziy bank me’yoriy hujjatlarini bilish.
• Microsoft Office dasturlarini yaxshi bilish (Word, Excel, Outlook).
• iABS bilan ishlash tajribasi ustunlik beradi.
• O‘zbek va rus tillarini erkin bilish (ingliz tili ustunlik beradi).

 Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 27.07.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.