SQB Olmaliq bank xizmatlari markaziga boshqaruvchi o'rinbosari (MKB bo'yicha) lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi

Bank xizmatlari markazini boshqarish va mikro va kichik biznes yo'nalishida tajribaga ega mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.

Asosiy vazifalar:
• Berilgan ishonchnoma asosida BXM faoliyatini vakolat doirasida boshqarish
• Mijozlarga xizmat ko'rsatish standartlari, biznes jarayonlari va normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishini ta'minlash va nazorat qilish
• Xodimlarga biznes rejalarni bajarish bo'yicha topshiriqlar berish, o'qitish va individual chora-tadbirlar belgilash
• Mijozlarning e'tiroz, talab va takliflarini o'rganib, kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha choralar ko'rish
• Jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilgan kreditlar va muammoli qismi bo'yicha tahlillar amalga oshirish
• Kassa ishi va naqd pul muomalasi holatini muntazam nazorat qilish va muvofiqlashitirish

Talablar:
• Oliy ma'lumot
• Kamida 5 yillik ish tajribasi
• Stressga chidamlilik, qat'iyatlilik, kommunikativlik
• O'zbek, rus va ingliz tillarini bilish

Ish joyi: Olmaliq bank xizmatlari markazi

Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.