SQB Qatortol BXM ofis menejeri lavozimiga tashqi tanlov e’lon qiladi

Mijozlarga xizmat ko‘rsatish va bank mahsulotlarini taqdim etish sohasida o‘zingizni sinab ko‘rmoqchimisiz? Unda sizni jamoamizda kutamiz!

 Asosiy vazifalar:

  • bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha mijozlarga to‘liq va sifatli maslahat berish, yangi mahsulotlarni targ‘ib qilish;
  • mijozlarni bank mahsulotlariga jalb qilish, mobil ilovaga ulash, bank kartalarini rasmiylashtirish va omonatlarga mablag‘ jalb etish;
  • chakana biznes yo‘nalishi bo‘yicha reja va KPI ko‘rsatkichlarini bajarish;
  • mijozlarning ehtiyojlarini aniqlash, ularga mos bank mahsulotlarini taklif etish va kross-sotuvlarni amalga oshirish;
  • mijozlar oqimini boshqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonini muvofiqlashtirish;
  • 24/7 va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish zonalarida mijozlarga amaliy yordam ko‘rsatish;
  • murojaatlar va kiruvchi hujjatlarni qabul qilish hamda tegishli bo‘linmalarga yo‘naltirish;
  • amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha rahbariyatga hisobot taqdim etish.

 Talablar:

  • oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumot;
  • stressga chidamlilik, qat’iyatlilik va kommunikativlik;
  • mijozga yo‘naltirilganlik va mas’uliyatlilik.

 Ish joyi: Qatortol BXM

 Rezyumeni 2026-yil 20-sentabrga qadar hr@sqb.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin.