Bank xizmatlarini ko‘rsatish, mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish va bank operatsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha tajribaga ega mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.
Asosiy vazifalar:
• Jismoniy shaxslarga chakana bank xizmatlarini ko‘rsatish.
• Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish.
• Mijozlarni identifikatsiya qilish va bank operatsiyalari uchun taqdim etilgan hujjatlarni dastlabki tekshirish.
• Depozit hisobvaraqlarini ochish, yuritish va ular bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish.
• Xalqaro pul o‘tkazmalari va «O‘zbekiston Ekspress» milliy pul o‘tkazmalari tizimi bo‘yicha operatsiyalarni rasmiylashtirish.
• Bank kartalarini ochish, qayta chiqarish va bloklash bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirish.
• Milliy va xorijiy valyutada naqd va naqdsiz pul operatsiyalarini amalga oshirish.
• SWIFT to‘lovlari va valyuta ayirboshlash operatsiyalarini rasmiylashtirish.
• Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning hisobvaraqlari bo‘yicha to‘lov hujjatlarini bank tizimiga kiritish.
• Ish haqi loyihalari bo‘yicha to‘lov reyestrlarini qabul qilish va tegishli kartochka hisobvaraqlariga mablag‘larni kiritish.
• Tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha valyuta operatsiyalarini rasmiylashtirish va tegishli axborot tizimlariga o‘z vaqtida kiritilishini nazorat qilish.
• Mijozlarga hisobvaraqlar bo‘yicha ko‘chirmalar, ma’lumotnomalar va operatsiyalarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish.
Talablar:
• Oliy ma’lumot, iqtisodiy ma’lumotga ustunlik beriladi.
• Bank tizimida kamida 2 yillik ish tajribasi.
• Bank operatsiyalarini amalga oshirish va jismoniy hamda yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish tartibini bilish.
• Markaziy bank talablari va Bankning ichki me’yoriy hujjatlarini bilish.
• Mijozlarga yo‘naltirilganlik va bank xizmatlari standartlariga rioya qilish.
Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 22.08.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.