SQB Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish departamenti huzuridagi R&D tadqiqot markazi va laboratoriyalar faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati uchun yetakchi menejer lavozimiga tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi
Tahlil, koordinatsiya va innovatsion loyihalar bilan ishlashga qiziqasizmi? Unda sizni jamoamizda kutamiz.
Asosiy vazifalar:
R&D tadqiqot markazi va laboratoriyalar faoliyatini muvofiqlashtirish
Tahliliy materiallar, hisobotlar va taqdimotlar tayyorlash
OTMlar, ilmiy-tadqiqot institutlari va ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikni tashkil etish
Innovatsion loyihalar va yangi mahsulotlarni joriy etish jarayonlarida ishtirok etish
Energiya samaradorligi va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha loyihalarni muvofiqlashtirish
Bank rahbariyati topshiriqlari ijrosini nazorat qilish
Talablar:
Iqtisodiyot, moliya, bank yoki turdosh yo‘nalishlarda oliy ma’lumot
Kamida 2 yillik ish tajribasi
Analitik, koordinatsion yoki loyiha faoliyati bo‘yicha tajriba
Hisobot va prezentatsiyalar tayyorlash ko‘nikmasi
MS Office dasturlarida erkin ishlash
O‘zbek va rus tillarini bilish
Kuchli kommunikatsiya va tashkiliy ko‘nikmalar
Rezyumelarni:
hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.