SQB Raqamli biznes departamentining Chakana raqamli texnologiyalarini rivojlantirish xizmati Yetakchi menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Biz raqamli bank xizmatlarini rivojlantirish, mobil ilovalar va to‘lov tizimlari bilan ishlash hamda raqamli transformatsiya loyihalarini boshqarish sohasida tajribaga ega mutaxassisni jamoamizga taklif qilamiz.

 Asosiy vazifalar:
• Bank faoliyatini avtomatlashtirish va raqamli transformatsiya jarayonlarini boshqarish;
• Mobil ilova orqali masofaviy bank xizmatlarini rivojlantirish;
• Mobil ilovadagi to‘lov tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
• Yangi bank mahsulotlari va xizmatlarini joriy etish;
• Mahalliy va xalqaro to‘lov kartalari xizmatlarini rivojlantirish va kengaytirish;
• Bankning mavjud an’anaviy xizmatlarini raqamlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
• Mobil ilova orqali olinadigan daromadlarni oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
• Bankning tarkibiy bo‘linmalari va BXO bilan hamkorlik qilish;
• Markaziy bank va boshqa tashkilotlardan kelib tushadigan so‘rovlarni ko‘rib chiqish;
• Fuqarolarning murojaat va shikoyatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish;
• Hisobotlar tayyorlash va rahbariyatga taqdim etish.

 Talablar:
• Oliy yoki tugallanmagan oliy ma’lumot;
• Raqamli bank xizmatlari, mobil ilovalar, masofaviy xizmatlar va to‘lov kartalari (Humo, Uzcard, Visa, Mastercard) bo‘yicha bilim;
• Avtomatlashtirish va raqamli transformatsiya loyihalarini rejalashtirish va boshqarish ko‘nikmalari;
• Agile/Scrum metodologiyalari bo‘yicha tushuncha;
• Biznes jarayonlarini tahlil qilish va BRD/FRD hujjatlarini ishlab chiqish ko‘nikmalari;
• Hisobotlar tayyorlash va tashqi so‘rovlarga javob berish ko‘nikmalari;
• IT, marketing va yuridik bo‘linmalar bilan samarali hamkorlik qilish va muzokaralar olib borish qobiliyati;
• Mijozlarning murojaat va shikoyatlari bilan ishlash ko‘nikmasi;
• MS Office, bank axborot tizimlari, CRM/ERP, Excel va Power BI bilan ishlash ko‘nikmalari;
• O‘zbek tilini bilish.

 Rezyumelarni Telegram orqali yuborishingiz mumkin: @Kadriya_Maxmudovna