SQB Raqamli biznes departamentining Raqamli dasturlash xizmati Chakana raqamli yechimlarni ishlab chiqish guruhi Katta menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Biz biznes talablarini tahlil qilish, texnik yechimlarni ishlab chiqish va raqamli mahsulotlarni rivojlantirish sohasida tajribaga ega mutaxassisni jamoamizga taklif qilamiz.

 Asosiy vazifalar:
• Biznes talablarini tahlil qilish va texnik yechimlar ishlab chiqish
• Server tomonidagi funksionallarni ishlab chiqish, rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash
• Tizim va modullarni optimallashtirish
• Ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash jarayonlarini loyihalash
• Integratsiya xizmatlari va interfeyslarini yaratish
• Kod sifatini ta’minlash, testlarni o‘tkazish va xatoliklarni bartaraf etish
• Versiyalarni boshqarish (Git)
• Texnik hujjatlarni tayyorlash
• Loyiha jamoasi bilan hamkorlik qilish
• Tizimlar monitoringini amalga oshirish
• Yangi funksiyalarni ishlab chiqish va joriy etish
• Axborot xavfsizligi talablariga rioya qilish
• Yangi texnologiyalar va yechimlarni joriy etish
• EHA orqali kelgan xatlarni ko‘rib chiqish

 Talablar:
• Oliy ma’lumot (iqtisodiy yoki axborot texnologiyalari, marketing, dizayn va boshqa tegishli yo‘nalishlarda)
• Bank yoki IT sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi
• Biznes tahlili va texnik yechimlarni ishlab chiqish ko‘nikmalari
• Server funksionallari, ma’lumotlarni qayta ishlash, integratsiya va interfeyslar bilan ishlash tajribasi
• Kod sifati va Git bilan ishlash ko‘nikmalari
• Testlash va tizimlarni monitoring qilish bo‘yicha bilimlar
• Axborot xavfsizligi bo‘yicha tushuncha
• Yangi texnologiyalar va yechimlarni o‘zlashtirish qobiliyati
• MS Office, bank axborot tizimlari, CRM/ERP, Excel va Power BI bilan ishlash ko‘nikmalari
• Muloqotga kirishuvchanlik, mas’uliyatlilik va tashabbuskorlik
• Aniqlik va diqqatlilik
• Jamoada ishlash ko‘nikmasi
• Stressga chidamlilik
• O‘zbek tilini bilish, rus tilini bilish ustunlik beradi

 Rezyumelarni Telegram orqali yuborishingiz mumkin: @Kadriya_Maxmudovna