SQB Raqamli biznes departamentining yuridik shaxslar uchun masofaviy kanallarni rivojlantirish xizmatiga kichik menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi

Raqamli mahsulotlar va bank texnologiyalari sohasida o’zingizni rivojlantirmoqchimisiz? Unda sizni jamoamizda kutamiz.



Asosiy vazifalar:

  • SQB Business (web va mobil) dasturini rivojlantirish va boshqarish
  • Mijozlar ehtiyojlari va muammolarini aniqlash, tahlil qilish hamda mahsulot yechimlariga aylantirish
  • Biznes talablarni shakllantirish va ustuvorliklarni belgilash
  • Dasturchilar bilan birgalikda mahsulotni ishlab chiqish jarayonini boshqarish
  • Mijozlardan kelayotgan murojaatlarni tahlil qilish va yechim ishlab chiqish
  • Bank ichki hujjatlari va regulyator talablariga muvofiq faoliyat yuritish

Talablar:

  • Oliy ma’lumot
  • Bank yoki IT sohasida kamida 1 yillik ish tajribasi
  • Mahsulot va loyihalarni boshqarish ko’nikmasi
  • Agile/Scrum metodologiyalari, Jira, Confluence bilan ishlash tajribasi
  • UX/UI asoslarini tushunish va SQL bo’yicha bazaviy bilim
  • Mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik, stressga chidamlilik, muloqotga kirishuvchanlik
  • O’zbek tilini bilish

Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.