SQB Sergeli bank xizmatlari markaziga kichik servis menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi

Bank operatsiyalari va mijozlarga xizmat ko'rsatish sohasida o'zingizni sinab ko'rmoqchimisiz? Unda sizni jamoamizda kutamiz.

Asosiy vazifalar:
• Jismoniy va yuridik shaxslarga, yakka tartibdagi tadbirkorlarga bank operatsiyalari bo'yicha sifatli xizmat ko'rsatish
• Omonat hisobvaraqlarini ochish/yopish, milliy va xorijiy valyutada asosiy va ikkilamchi hisobvaraqlar bilan ishlash
• Xalqaro pul o'tkazmalari, SWIFT to'lovlari va milliy valyutadagi o'tkazmalarni rasmiylashtirish
• Kassa amaliyotlari: kirim/chiqim operatsiyalarini IABS tizimiga kiritish
• Konversiya amaliyotlari, eksport-import shartnomalari bo'yicha operatsiyalarni TSOYaEAT tizimiga kiritish
• Bank kartalari ochish, korporativ kartalar chiqarish va savdo terminallarini rasmiylashtirish
• Mijozlar hujjatlarini dastlabki nazoratdan o'tkazish va shaxsini tasdiqlash
• AML/CFT talablariga rioya qilish va shubhali operatsiyalarni aniqlash

Talablar:
• Oliy yoki o'rta maxsus ma'lumot
• Ish tajribasi talab etilmaydi
• Stressga chidamlilik, qat'iyatlilik, kommunikativlik
• Rus tilini bilish

Ish joyi: Sergeli bank xizmatlari markazi

Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.