Mikro va kichik biznes mijozlari bilan ishlash va bank mahsulotlarini taqdim etish sohasida o'zingizni sinab ko'rmoqchimisiz? Unda sizni jamoamizda kutamiz.
Asosiy vazifalar:
• Mikro va kichik biznes mijozlarini jalb qilish hamda mijozlar bazasini kengaytirish
• Mijozlarga bank mahsulotlari va xizmatlari bo'yicha to'liq maslahat berish
• Belgilangan reja va KPI ko'rsatkichlarini bajarish
• Mavjud mijozlarga qo'shimcha mahsulotlar taklif qilish va faolligi pasaygan mijozlarni qayta faollashtirish
• Mikro va kichik biznes subyektlarini kreditlash jarayonlarini tashkil etish
• Hisob raqami ochish, masofaviy xizmatlar, korporativ karta, terminal va depozitlarni sotish
• Mijozlarni identifikatsiyadan o'tkazish va hujjatlarni rasmiylashtirish
Talablar:
• Oliy ma'lumot
• Ish tajribasi talab etilmaydi
• Stressga chidamlilik, qat'iyatlilik, kommunikativlik
• Rus tilini bilish
Ish joyi: Sergeli bank xizmatlari markazi
Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.