SQB Sergeli bank xizmatlari markaziga servis menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi

Bank operatsiyalari va mijozlarga xizmat ko'rsatish sohasida o'zingizni sinab ko'rmoqchimisiz? Unda sizni jamoamizda kutamiz.

Asosiy vazifalar:
• Jismoniy va yuridik shaxslarga, yakka tartibdagi tadbirkorlarga bank operatsiyalari bo'yicha sifatli xizmat ko'rsatish
• Omonat hisobvaraqlarini ochish/yopish, milliy va xorijiy valyutada asosiy va ikkilamchi hisobvaraqlar bilan ishlash
• Xalqaro pul o'tkazmalari, SWIFT to'lovlari va milliy valyutadagi o'tkazmalarni rasmiylashtirish
• Kassa amaliyotlari: kirim/chiqim operatsiyalarini IABS tizimiga kiritish
• Konversiya amaliyotlari, eksport-import shartnomalari bo'yicha operatsiyalarni TSOYaEAT tizimiga kiritish
• Bank kartalari ochish, korporativ kartalar chiqarish va savdo terminallarini rasmiylashtirish
• Mijozlar hujjatlarini dastlabki nazoratdan o'tkazish va shaxsini tasdiqlash
• AML/CFT talablariga rioya qilish va shubhali operatsiyalarni aniqlash

Talablar:
• Oliy ma'lumot
• Ish tajribasi talab etilmaydi
• Stressga chidamlilik, qat'iyatlilik, kommunikativlik
• Rus tilini bilish

Ish joyi: Sergeli bank xizmatlari markazi

Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.