SQB Shahriston bank xizmatlari markaziga universal servis menejer lavozimiga tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Mijozlarga xizmat ko’rsatish va bank operatsiyalari sohasida o’zingizni sinab ko’rmoqchimisiz? Unda sizni jamoamizda kutamiz.



Asosiy vazifalar:

  • Jismoniy va yuridik shaxslarga bank xizmatlari ko’rsatish, hisobvaraqlar ochish va yopish
  • Mijozlarni identifikatsiya qilish va taqdim etilgan hujjatlarni dastlabki nazoratdan o’tkazish
  • Milliy va xorijiy valyutada hisobvaraqlar ochish, SWIFT o’tkazmalarini amalga oshirish
  • Jalb qilingan depozitlar bo’yicha operatsiyalar hisobini yuritish
  • Kassa amaliyotlarini bank dasturiga kiritish va komissiyalarni hisoblash
  • Mijozlarga hisob raqamlari bo’yicha ma’lumotnomalar taqdim etish

Talablar:

  • Oliy (iqtisodiy yoki boshqa) yoki o’rta maxsus ma’lumot
  • Ish tajribasi talab etilmaydi
  • Stressga chidamlilik, qat’iyatlilik, kommunikativlik
  • O’zbek, rus va chet tillarini bilish

Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.