SQB Sun’iy intellekt departamentining Tadqiqot tahlili va AI-modellari xizmati Kichik menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Sun’iy intellekt, mashinaviy va chuqur o‘qitish yo‘nalishlarida rivojlanishni istagan, tahliliy fikrlash va zamonaviy texnologiyalarga qiziqadigan mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.

 Asosiy vazifalar:
• Mashinaviy va chuqur o‘qitish (ML/DL) modellarini ishlab chiqish, testlash va optimallashtirishda ishtirok etish.
• Sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish hamda yangi texnologiyalarni o‘rganish.
• Modellarni validatsiya qilish, testdan o‘tkazish va sifat ko‘rsatkichlarini baholash.
• ML/DL modellarini ishlab chiqish uchun ma’lumotlarni tayyorlash, tozalash va qayta ishlash.
• Mavjud modellar va texnologik yechimlarni o‘rganish, solishtirish va ularning samaradorligini tahlil qilish.
• Texnik topshiriqlarni belgilangan muddatlarda bajarish.
• Bankning ichki hujjatlari, metodologiyalari va reglamentlarini ishlab chiqishda ishtirok etish.
• Bajarilgan ishlar va tadqiqotlar natijalari bo‘yicha zarur materiallarni tayyorlash.

 Talablar:
• Oliy yoki tugallanmagan oliy ma’lumot.
• Katta hajmdagi ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish va modellar yaratishda ulardan foydalanish bo‘yicha bilim.
• Dasturlash tillari, ma’lumotlar bazalari, sun’iy intellekt va ma’lumotlarni tahlil qilish vositalari bilan ishlash ko‘nikmasi.
• Mashinaviy va chuqur o‘qitish modellarini ishlab chiqish, o‘qitish, testlash, optimallashtirish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar.
• Mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik, stressga chidamlilik va muloqotga kirishuvchanlik.
• Rus yoki ingliz tilini bilish.

 Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 22.08.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.