SQB Uchtepa bank xizmatlari markaziga universal servis menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi

Bank operatsiyalari va mijozlarga xizmat ko'rsatish sohasida o'zingizni sinab ko'rmoqchimisiz? Unda sizni jamoamizda kutamiz.

Asosiy vazifalar:
• Jismoniy va yuridik shaxslarga hisobvaraqlar ochish, yopish va operatsiyalarni amalga oshirish
• Omonat hisobvaraqlaridan foizlarni to'lash, kirim va chiqim operatsiyalarini bajarish
• Xalqaro pul o'tkazmalari tizimlarida operatsiyalarni rasmiylashtirish
• Jismoniy shaxslarga bank kartalari ochish, qayta ochish va ularga tegishli amaliyotlarni bajarish
• Mijozlarni identifikatsiya qilish va hujjatlarni dastlabki nazoratdan o'tkazish
• SWIFT o'tkazmalarini IABS dasturiga kiritish va tekshirish
• Ish haqi loyihasi bo'yicha to'lov reestrlarini qabul qilish va karta hisobvaraqlariga o'tkazish

Talablar:
• Tugallanmagan oliy ma'lumot
• Ish tajribasi talab etilmaydi
• Stressga chidamlilik, qat'iyatlilik, kommunikativlik
• O'zbek, rus va chet tillarini bilish

Ish joyi: Uchtepa bank xizmatlari markazi

Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.