SQB Undiruv markazi BXMning shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritish xizmatiga menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.
Huquqiy va da’vo ishlari sohasida tajribaga ega mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.
Asosiy vazifalar:
Bankning mulklari saqlanishini huquqiy vositalar orqali ta’minlash ishlarini tashkil qilish
Shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritish
Bankning mulkiy va boshqa manfaatlarini himoya qilish bo’yicha talabnomalar tayyorlash
Debitorlik va kreditorlik qarzlari holatini o’rganish va monitoring qilish
Sudlarga da’vo arizalari va boshqa hujjatlar kiritilishini ta’minlash, sud majlislarida ishtirok etish
SSP tomonidan sudgacha o’tkaziladigan muzokara jarayonlarida bank nomidan qatnashish