SQB Undiruv markazining Undiruv strategiyalarini boshqarish xizmati menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Muammoli qarzdorlikni undirish, undirish strategiyalarini ishlab chiqish va murakkab muzokaralarni olib borish sohasida tajribaga ega bo‘lsangiz, sizni jamoamizda kutamiz.

 Asosiy vazifalar:
• Muammoli qarzdorlikni undirish bo‘yicha namunaviy va individual strategiyalarni ishlab chiqish hamda ularning amalga oshirilishini nazorat qilish.
• Bankning noprofil aktivlari bo‘yicha shakllangan qarzdorlikni undirish choralarini ishlab chiqish va qarzdorlikni qoplash manbalarini aniqlash.
• Tasdiqlangan undirish rejalari va grafiklarining bajarilishini ta’minlash.
• Qarzdorlikni undirish jarayoni bilan bog‘liq xarajatlarni tahlil qilish va nazorat qilish.
• Qarz oluvchilar va kafil shaxslar bilan sudgacha bo‘lgan bosqichda muzokaralar olib borish.
• Davlat organlari, vakolatli tashkilotlar va boshqa muassasalar bilan undirish masalalari bo‘yicha hamkorlik qilish.
• Xizmat vakolatiga kiruvchi murojaatlarni ko‘rib chiqish, javoblar tayyorlash va zarurat bo‘lganda uchrashuv bayonnomalarini rasmiylashtirish.
• Undiruv markazi jarayonlarini avtomatlashtirish, dasturiy ta’minotni rivojlantirish va yangi funksiyalarni joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

 Talablar:
• Oliy ma’lumot (iqtisodiyot va/yoki huquq yo‘nalishida).
• Bank tizimida kamida 2 yillik ish tajribasi.
• O‘zbekiston Respublikasining bank faoliyati, ijro ishi yuritish, qarzdorlikni undirish va bankrotlik sohasidagi qonunchiligini bilish.
• Markaziy bankning normativ hujjatlari hamda Bankning ichki me’yoriy hujjatlarini bilish.
• Muammoli qarzdorlikni undirish, garov ta’minotini realizatsiya qilish va muammoli aktivlar bilan ishlash jarayonlarini tushunish.
• Davlat organlari, sud organlari va Majburiy ijro byurosi bilan ishlash tajribasi afzallik bo‘ladi.
• O‘zbek va rus tillarini bilish.

 Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 27.07.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.