SQB Xaridlarni tashkil etish va monitoring departamentining yuridik majburiyatlarni monitoring qilish xizmatiga kichik menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Shartnomalar va davlat xaridlari sohasida tajribaga ega mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.

Asosiy vazifalar:
• Davlat xaridlari bo’yicha shartnomalar ijrosini monitoring qilish
• IABS tizimida shartnomalar va hujjatlar bilan ishlash
• Tovar, ish va xizmatlarning o’z vaqtida yetkazilishini nazorat qilish
• Bank omboriga tovarlarni qabul qilish jarayonida ishtirok etish
• Xizmat yozishmalari, bildirishnomalar va hisobotlarni tayyorlash
• Tarkibiy bo’linmalar hamda yetkazib beruvchilar bilan hamkorlik qilish
• Yetkazib berilayotgan mahsulotlarning texnik topshiriq va shartnomaga muvofiqligini nazorat qilish
• Shartnoma shartlari buzilganda penya va talabnoma hujjatlarini tayyorlashda ishtirok etish

Talablar:
• Oliy iqtisodiy ma’lumot
• Bank-moliya yo’nalishida kamida 1 yillik ish tajribasi
Xaridlar yo'nalishi bo'yicha ish tajribasiga ega bo'lishi
• Shartnomalar va hujjatlar bilan ishlash ko’nikmasi
• MS Office dasturlarini yaxshi bilish
• Mas’uliyatlilik, diqqatlilik va analitik fikrlash
• Jamoada ishlash va ko’p vazifali muhitda faoliyat yurita olish

Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.