SQB Xodimlar va tashkiliy rivojlantirish departamentining Ichki kommunikatsiyalar xizmati menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Agar siz kuchli kommunikatsiya ko‘nikmalariga ega bo‘lsangiz, kreativ kontent yaratishni yoqtirsangiz hamda korporativ madaniyat va HR brendini rivojlantirishda ishtirok etishni istasangiz - sizni jamoamizda kutamiz.

 Asosiy vazifalar:
• Bankning ichki kommunikatsiyalar strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish.
• HR Marketing va Employer Branding loyihalarini amalga oshirish.
• Bank korporativ madaniyatini rivojlantirishda ishtirok etish.
• Telegram-kanallar va korporativ portal uchun kontent tayyorlash.
• Korporativ tadbirlarni tashkil etish.
• Xodimlarning qoniqish va jalb etilganlik darajasini o‘rganish bo‘yicha so‘rovnomalarni tashkil etish hamda natijalarini tahlil qilish.
• Employee Value Proposition (EVP)ni rivojlantirish.
• Videomateriallar, bannerlar va boshqa vizual kontentlarni tayyorlash.
• Ichki kommunikatsiya kampaniyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
• Korporativ yangiliklar, e’lonlar va axborot materiallarini tayyorlash.
• Ichki kommunikatsiyalarda yagona uslubni shakllantirish.
• Bankning tarkibiy bo‘linmalari va hududiy tarmog‘i bilan hamkorlik qilish.

 Talablar:
• PR, marketing, inson resurslarini boshqarish, jurnalistika, filologiya, kommunikatsiyalar yoki turdosh yo‘nalishlar bo‘yicha oliy ma’lumot.
• Ichki kommunikatsiyalar, PR, HR Marketing yoki Employer Branding yo‘nalishida kamida 2 yillik ish tajribasi.
• Copywriting bo‘yicha kuchli ko‘nikmalar.
• Storytelling va xodimlarni jalb qiluvchi kontent yaratish tajribasi.
• Photoshop yoki Illustrator dasturlarini bilish afzallik hisoblanadi.
• Korporativ tadbirlarni tashkil etish va Event Management bo‘yicha tajriba.
• Taqdimotlar va vizual materiallar tayyorlash ko‘nikmasi.
• Murakkab ma'lumotlarni turli auditoriyalar uchun sodda va tushunarli shaklda yetkazish qobiliyati.
• Savodli yozma va og‘zaki nutq.
• O‘zbek va rus tillarini erkin bilish.
• Ingliz tilini bilish afzallik hisoblanadi.

 Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.